So`z birikmalari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi


Download 23.18 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi23.18 Kb.
#1636364
1   2   3   4   5
Bog'liq
So

Gapning turlari

O`zbek tilida gaplar turli nuqtai nazardan tasnif qilinadi.

I. Ifoda maqsadiga ko`ra.

II. Emotsionalikka ko`ra.

III. Tuzilishiga ko`ra.

Ifoda maqsadiga ko`ra va bu maqsad bilan bog`liq bo`lgan intonatsiyaga ko`ra gaplar darak, so`roq, buyruq gaplarga ajratiladi.

Emotsionalikka ko`ra gaplar ikki turga bo`linadi: emotsional gaplar yoki undov gaplar va emotsional bo`lmagan gaplar. Darak, so`roq, buyruq gaplar darak, so`roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo`lmagan gaplar deb yuritiladi. YUqorida sanab o`tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo`lishi bilan emotsional gapga aylanadi. Emotsional gaplar undov gaplar deb ataladi.

Tuzilishiga ko`ra gaplar sodda va qo`shma bo`ladi. Gaplarning bunday bo`linishi ularning tarkibidagi predikativlik birliklarning soniga, miqdoriga asoslanadi.




Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari

Gaplar ifoda maqsadiga ko`ra quyidagi turlarga ajratiladi:

1) daraka gap, 2) so`roq gap, 3) buyruq gap.


Darak gap

Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo`li bilan xabar qiluvchi gap darak gap deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko`p qo`llanadi.

Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo`ladi. Darak gap darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko`tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: YOz kechasining yoqimli salqini. Ko`kda, daraxtlar ustida g`uj-g`uj yulduzlar yonadi. CHirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to`ldirgan, go`yo kechaning o`zi kuylaydi. (O.).

Darak gapning kesimi ko`pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe’l bilan yoki fe’ldan boshqa so`z turkumlari bilan ifodalanadi.

Darak gap oxiriga nuqta qo`yiladi.


So`roq gap

So`zlovchiga noma’lum bo`lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma’lumot olish ko`zda tutiladigan gap so`roq gap deyiladi.

So`roq gaplar ko`proq dialogik nutqda qo`llanadi. Bunday gaplar alohida intonatsiya bilan aytiladi.

So`roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi:

1. So`roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: CHindan qo`rqqaningmi bu, Robiya? (P.Q.). Ammo Naziraning o`rniga o`zimni qo`yib ko`rsam-chi? (O`.Usmonov).

2. So`roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qaerda, nega va boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo`ydingiz? (F.Musajonov). Nega o`rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O`.Usmonov).

3. So`roq intonatsiyasi. Bunda savol mazmuni bilan bog`liq bo`lgan so`zda intonatsiya (ohang) ko`tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? – deb so`radi. (O`.Usmonov). Juda kamnamolar Akmalxon? (F.Musajonov).

So`roq gaplar so`roqning xususiyatiga ko`ra uch turga bo`linadi: sof so`roq gaplar, ritorik so`roq gaplar, so`roq buyruq gaplar.

Sof so`roq gaplar tinglovchidan so`roqqa javobni talab qiladi. Masalan: Kechagi maqola nima bo`ldi, Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xo`jalik bo`limi shumi? (F.Musajonov)

Ritorik so`roq gaplarda so`roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi. Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko`radigan kishining yuziga oyoq bosishdan og`ir jinoyat bormi? (A.Muhiddin).

So`roq-buyruq gaplar so`roq orqali buyruq jilvasini o`z ichiga oladi. Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o`zi qaerdaligini aytib berolmaysizmi? (O`.Usmonov).



Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling