So`z birikmalari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi


Download 23.18 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi23.18 Kb.
#1636364
1   2   3   4   5
Bog'liq
So

Buyruq gap

So`zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi:

1. Buyruq, do`q-po`pisa. Masalan: Taqsir, ... bitta surat chizib bering. (P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga ham ota, ham ustozlik qiladi, o`g`lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov.). – Sen darsingga o`tir, qizim, - buyruq qildi u YUlduzga, - sen Qunduz, Temirjonga darrandayu parrandalaringni ko`rsat. (J.Abdullaxonov.).

2. Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo`ladi. Faqat iltimos qilamanki, bo`tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero, nifoq solguvchilar paydo bo`lib, biror ishkallikni o`ylab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga uncha ro`yixushlik bermayotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov).

3. Maslahat. Masalan: Fanda kashf qilishdan buyuk narsa yo`q, toylog`im,- deb qoldi professor, - siz ham faoliyatingizni kashf qilishdan boshlang. (J.Abdullaxonov). Keling, institutda olgan nazariy bilimingizni amaliyot bilan bog`lash imkoniga ega bo`ling avval. (J.Abdullaxonov).

Buyruq gapning ko`pgina ma’nolari intonatsiya orqali anglashiladi.

Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi: 1) buyruq intonatsiyasi, 2) ko`pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi, 3) gapga buyruq jilvani qo`shadigan maxsus so`zlar (keling, kel, yaxshisi, iloji bo`lsa va boshqalar).

Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko`ra farqlanadi:

1. Buyruq gapning kesimi ko`p hollarda buyruq-istak maylidagi fe’l bilan ifodalanadi. Masalan: Och odamning ustidan kulmang.

Etishmasa ishga qurbati,

Xunukkina qizlarni siylang,

Go`zal bo`lar ular siyrati.

Birovlarning haqqin eganni

Dasturxonga yo`lata ko`rmang.

Rostni ko`rib yolg`on deganning

Kosasini to`lata ko`rmang. (A.Oripov).

2. Buyruq gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan: Iloji bo`lsa, uzoq kutdirib qo`ymasangiz... (J.Abdullaxonov). Unday bo`lsa, marhamat qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov).

3. Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Professor haliginday takror qo`l siltadi: - Raddiyani uning o`ziga yozdirasiz, bo`tam. (J.Abdullaxonov).

4. Buyruq gapning kesimi vazifasida fe’ldan boshqa so`zlar ham kelishi mumkin. Masalan: Uztoz Ali! Oldinga! (P.Q.). Bobur uning so`nggi yillarda o`rgangan chavandozlik mashqlaridan ko`rsatmoqchi ekanini sezdi. - Qani, qani,- dedi maroq bilan. (P.Q.). Hazratim, lozim bo`lsa, endi musiqadan, bir imtihon qilib ko`ring. -Qani, qani! (P.Q.). Orqadan kimdir: «E, bas, bas!» deb qichqirdi. (P.Q.).



Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling