Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar Sifat belgini ozaytirib yoki kuchaytirib ifodalashiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: - a) ozaytirma sifat; b) kuchaytirma sifat.
Ozaytirma sifat o‘zakdan anglashilgan belgining me’yoridan ozligini bildiradi. Ular morfologik va leksik usullar bilan yasaladi: - 1. Morfologik usul. Sifatlarga –ish, -imtir, -mtir affikslarini qo‘shib ozaytirma sifat hosil qilinadi: ko‘kish, qizg‘ish, oqimtir, qoramtir. –ish qo‘shimchasi qo‘shilgan ba’zi sifatlar o‘zagida tovush o‘zgarishlari sodir bo‘ladi: sariq+ish-sarg‘ish.
- 2. Leksik usul. Sifatning oldidan och, nim so‘zlarini keltirish bilan belgi kamaytiriladi: och pushti, nimqizil.
Kuchaytirma sifatlar o‘zakdan anglashilgan belgining ortiqligini bildiradi. Kuchaytirma sifatlar leksik va morfologik usul bilan hosil qilinadi. Sifatlarning otlashishi Sifat turkumidagi so‘zlar ba’zan ot turkumidagi so‘zlarning ma’nosini ifodalab, uning vazifasini bajarib kelishi mumkin. Bunda sifat o‘zining leksik va grammatik ma’nosini yo‘qotib, predmetlik ma’nosini ifodalaydi. Gapda sifat bog‘lanib kelayotgan otning tushib qolishi natijasida sifat uning predmetlik ma’nosini ham, morfologik belgisini ham, sintaktik vazifasini ham o‘z ustiga oladi. Misol: Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi gapida yaxshi (odam), yomon (odam) sifatlari tushib qolgan kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan, bosh kelishikdagi, ega vazivasidagi ot vazifasini bajargan. Sifatlarning yasalishi Sifatlar quyidagicha yasaladi: 1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan. 2. So‘zlarni qo‘shish bilan. 3. So‘zlarni takrorlash bilan. 1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagilardir: 1) otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar: - -li: rasmli kitob, kuchli shamol
- -dor: aybdor, vafodor
- ba-: badavlat, baquvvat
- ser-: serhosil olma.
- -mand: kasalmand, davlatmand
Do'stlaringiz bilan baham: |