24. So’z birikmasi haqida berilgan noto’g’ri hukmni
aniqlang.
A) So’z birikmasi til birligi hissoblanadi.
B) So’z birikmasi kamida ikkita mustaqil(hokim va tobe)
so’z bo’lishi shart.
C) O’zbek tilida so’z birikmalarining tobe so’zi, asosan,
hokim so’zdan oldin keladi.
D) So’z birikmasida nechda so’z bo’lmasin, bitta urg’uga
ega bo’ladi.
25. Azim va chuqur daryolar shovqinsiz oqadi, sayoz
jilg’ali esa sershovqin oqadi…
Gapdagi so’z birikmalarining sonini aniqlang.
A) 4ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta
26. Oqshomdan boshlangay,odatda,tonglar,
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar,
Boshing bukma sira, xokisor banda,
Erta ruhing topgay oliy ohanglar.
She’riy matindagi so’z birikmalari sonini aniqlang.
A) 8ta B) 7ta C) 6ta D) 9ta
27. Kechqurunlari buvimdan oy yorug’ida turli rivoyatlar
tinglardim.
Ushbu gapda nechta so’z birikmasi mavjud?
A) 5ta B) 6ta C) 4ta D) 7ta
28. Olmosh+ot shaklidagi bitishuv bilan hosil bo’lgan
otli birikmalarda olmoshning qaysi turi tobe so’z
vazifasida kela oladi?
A) kishilik,o’zlik va ko’rsatish olmoshlar
B) ko’rsatish, so’roq va belgilash olmoshlari
C) kishilik, o’zlik ,lo’rsatish va so’roq olmoshlari
D) bo’lishsizlik olmoshlaridan tashqari barcha olmoshlar
29. Qaysi gapda ifodalanmay qolgan tobe so’z hokim
so’zning shaklidan anglashib turadi?
A) Ko’rishim kerak bo’lganlarni ko’rib bo’ldim.
B) O’g’lima o’xshaydi ovozing sani(ng)
C) Do’stlar, bir dilbari davri jaxonim bor mening.
D) Qip-qizil olmalar va olchalar ko’zni yashnatadi,
shunday emasmi?!
30. Hasad, baxillik nafratdan ham murosasizroqdir
gapdagi tobe bog’lanish qaysi bandda ko’rsatilgan?
A) hasad va baxillik
B) nafratdan ham
C) nafratdan ham murosasizroqdir
D) baxillik murosasizroqdir
Do'stlaringiz bilan baham: |