15. Harakat nomli vositasiz to’ldiruvchini
ko’rsating?
A) So’rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal.
B) O’quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi.
C) Uning kulib boqishlarini bir zum ham
unutmayman.
D) Me ning borishimda sizga nima foyda.
16. Yangi filmni tomosha qildik.
Ushbu gap eganing ishtirok etish yoki etmasligiga
ko‘ra qanday gap hisoblanadi?
A) egasi mavjud gap
B) egasiz gap
C) shaxsi noma’lum gap
D) shaxsi umumlashgan gap
17. Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib
gapirdi.
Ushbu gap qaysi qatorda sintaktik jihatdan to‘g‘ri
tahlil qilingan?
A) Dildora – ega, kechagi – hol, uchrashuv haqida –
to‘ldiruvchi, zavqlanib gapirdi – kesim
B) Dildora – undalma, kechagi – hol, uchrashuv
haqida – to‘ldiruvchi, zavqlanib –aniqlovchi, gapirdi –
kesim
C) Dildora – undalma, kechagi – aniqlovchi,
uchrashuv haqida – to‘ldiruvchi, zavqlanib gapirdi –
kesim
D) Dildora – ega, kechagi – aniqlovchi, uchrashuv
haqida – to‘ldiruvchi, zavqlanib-hol, gapirdi – kesim
18. Ko‘chalari tor, qing‘ir-qiyshiq.
Ushbu gapda kesim qaysi so‘z turkumi bilan
ifodalangan?
A) ot bilan
B) sifat bilan
C) ravish bilan
D) fe’l bilan
19. Arava katta tol tagida to‘xtashi bilan shu yerdagi
ko‘cha devori yonida o‘tirgan odam turib keldi.
Ushbu gapda qanday bo‘laklar ishtirok etgan?
A) ega, aniqlovchi, hol, hol, hol, aniqlovchi, ega,
to‘ldiruvchi, kesim
B) ega, aniqlovchi, hol, to‘ldiruvchi, kesim
C) ega, hol, to‘ldiruvchi, hol, hol, aniqlovchi, kesim
D) ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, kesim
20. Qaysi qatorda fe’l-kesim qatnashgan gap
berilgan?
A) Yo‘qoling, siz bilan adi-badi aytishga vaqtim yo‘q.
B) It xurar – karvon o‘tar
C) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
D) O‘zim har joydaman ko‘nglim sandadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |