10. Qaysi qatordagi gapda uyushiq hol ot va fe’l
so`z turkumlari bilan ifodalangan?
A) U hayajon bilan, tez-tez va bo`g`ilib so`zlar edi.
B) Podsho goh kulib, goh jiddiy o`y bilan quloq soldi
C) Saida goh afsuslanib, goh kuyib, goh kulib gapirib
berdi
D) Ufqqa tutashib ketgan polizlar va tokzorlar
qizg`ish, qahrabo tusda tovlanadi.
11. Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga
– Roziyani avvalgiday go`zal, shod ko`rish niyatiga –
Sattor bir lahzada yetdi.
Ushbu gap haqidagi qaysi hukm to`g`ri?
A) uyushiq bo`lakli gap
B) uyushiq va ajratilgan bo`lakli gap
C) ajratilgan bo`lakli gap
D) Barcha hukmlar noto`g`ri
12. Qaysi gapda egaga taalluqli ajratilgan
izohlovchi berilgan?
A) O`g`lim, qo`zichog`im, orom olib uxlayapti, dedi
ona
B) Qobil bobo, yalangboshi, yalang oyoq, eshik
yonida dag`-dag` titraydi
C) Seryoja- oddiy , navqiron, mard yigit – o`rtoqlari
uchun jonini fido qildi
D) A va C
13. Ajratilgan aniqlovchi qaysi javobda berilgan?
A) O`rta Osiyo Navro`z, yangi yil bayrami, katta
tantana bilan nishonlanadi.
B) Shoir sevgan qiz shu – hamshira
C) Biz, yoshlar, xalqqa xizmat qilamiz
D) Qobil bobo, yalang bosh yalang oyoq, yaktakchan,
og`il eshigi yonida turib dag`-dag` tiraydi.
14. Gapning bosh bo`lagi (ega) ajratilgan gapni
toping.
A) Paxtakor o`zbekman – zabardast, mag`rur
B) bu habar ko`plarni, shu jumladan Mahkamni ham,
juda quvontirdi
C) Biz, hammamiz, bir oilaning bolasimiz
D) Uzoqdan otliqlarning-Alisher va uning hamrohlari
qorasi ko`rindi
15. Ajratilgan izoh hol berilgan qatorni toping.
A) Ultarma bu yerga hiyla olis bo`lsa ham, bu ikki
oshna bordi keldi qilib turishar edi
B) Kampir tovush chiqarmay, kuyunib yig`ladi
C) Hu ana o`sha joyda, taxta-ko`prikning ostida, atrofi
qalin yalpiz bilan o`ralgan kichik bir buloq bor
D) Asrorqul bunga rozi bo`lmasa ham, kampirning
rayini qaytargani botinolmadi
Do'stlaringiz bilan baham: |