2. Ajratilgan bo’laklarning vazifasi to’g’ri
ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) O’zidan oldingi mavhum manodagi bo’lakning
ma’nosini izohlaydi.
2) Diqqatni o’zidan oldingi bo’lakka jalb qiladi.
3) O’zi ifodalagan mazmunning ma’nosini ajratadi.
4) O’zidan keyin kelgan uyushiq bo’lakni
umumlashtiradi.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) faqat 1
3. Izohlash orqali ajratilgan bo’laklar gapning
boshqa bo’laklaridan qanday tinish belgisi bilan
ajratiladi?\
A) asosan vergul, ba’zan tire
B) asosan vergul va tire, ba’zan nuqtali vergul
C) asosan vergul va tire, ba’zan ikki nuqta
D) asosan tire, ba’zan vergul yoki nuqtali vergul
4. Menga qara nodon ayol, sen bu hunaring bilan
uzoqqa bormayman deb o’ylaysanmi, a?
Ushbu gapdai ajratilgan bo’lkni aniqlang.
A) ajratilgan izohlovchi
B) ajratilgan to’ldiruvchi
C) ajratilgan aniqlovchi
D) Bu gapda ajratilgan bo’lak mavjud emas.
5. Qaysi gapda ajratilgan bo’laklar uyushib
kelgan?
A) Biringiz: yo Axmad, yo Sardor qolasiz
B) Sizlarga ham, bizlarga ham – hammamiz baxt-
iqbol yor bo’lsin.
C) Xonimlar va janoblar! Koshonamizga xush
kelibsiz.
D) Qarshi olar nigohlar, o’ychan, ma’noli.
6. Men, yomondan, ayrilib, yaxshini topganing qani?
Berilgan gapda qanday ajratilgan bo’lak
qo’llangan?
A) ajratilgan izohlovchi
B) ajratilgan to’ldiruvchi
C) ajratilgan sifatlovchi
D) Bu gapda ajratilgan bo’lak mavjud emas.
7. Tizgin tortilganmi, bo’sh qo’yilganmi, jadaliga
olinganmi, ravon qo’yilganmi – xullas shunga qarab
hushtak chalishib hazil qilishganlari, sho’x-sho’x
kulgilar – hammasi ishning bir meyorda qizg’in
ketayotganidan dalolat beradi.
Ushbu matnda qaysi bo’lak ajratilgan?
A) Ushbu gapda ajratilgan bo’lak mavjud emas.
B) ega-izohlovchi
C) kesim
D) aniqlovchi va hol
Do'stlaringiz bilan baham: |