7. Qaysi gapda ayiruv bog‘lovchisi uyushgan o‘rin
holini bog‘lagan?
A) Ba’zan oyim, ba’zan buvim bilan Yunusobodga
borardik.
B) Bo‘ron goh nortuyadek, goh och bo‘riday
uvillardi.
C) Xirmonga katta yo‘ldan yoki uvatdagi
yolg‘izoyoq yo‘ldan boriladi.
D) Xolposh xola goh u kelinga, goh bu kelinga
talmovsirab qaraydi.
8. Qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) Undalmalar ham ega singari bosh kelishikda
qo‘llanadi.
B) Undalmalarning gapdagi o‘rni erkindir.
C) Undalmali gaplarning kesimi, ko‘pincha, birinchi
va ikkinchi shaxs shakllarida bo‘ladi.
D) Undalmalar o‘ziga qarashli aniqlovchi, izohlovchi
yoki hol bilan yoyiq holda qo‘llanadi.
9 .Qaysi qatorda ayiruv bog‘lovchisi uyushiq
aniqlovchilarni bog‘lashga xizmat qilgan?
A) Ba’zan chumchuqning, ba’zan kaklikning yoqimli
ovozi kishiga orom bag‘ishlaydi.
B) Ba’zan tongda, ba’zan yarim tunda kirib keladi.
C) Bu topshiriqni Gulnora yoki Azizga yuklash
mumkin.
D) Bahor havosi betayin: goh yomg‘ir yog‘adi, goh
charaqlab quyosh chiqadi.
10 .Uyushiq bo‘laklariga xos bo‘lgan xususiyatlar
qaysi javobda noto‘g‘ri izohlangan?
A) uyushiq bo‘laklarning hammasi bitta bo‘lakka
tobelanish yo‘li bilan bog‘lanadi
B) doim o‘zaro teng yoki sanash ohangi yordamida
teng bog‘lanadi
C) doim bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi
D) doim bir xil gap bo‘lagi vazifasida keladi
11. Uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi qo‘llangan
gapni toping.
A) Quyosh bulutlarning yumshoq, momiq ko‘rpasida
erkalanib yumalar edi.
B) Nafisada qizil va sariq qalam bor.
C) Ergashni tajribali keksa shifokor davoladi.
D) O‘tov yonida uni och havorang ko‘ylak kiygan va
oq durra o‘ragan hamshira qiz Lola bilan hassaga
suyangan, xushmuomala Yo‘ldosh bobo kutib oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |