31
13. Gapda qanday bo‘laklar ajratilgan izoh
bo‘lakli bo‘lishi mumkin?
A) aniqlovchi va to‘ldiruvchilar
B) hol
C) ikkinchi darajali bo‘laklar
D) bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar
14. O‘smoqdamiz biz - yosh avlod, qalbimizda zo‘r
istak.---
Ushbu gapda qanday ajratilgan izoh bo‘lak
mavjud?
A)
ajratilgan izoh kesim
B) ajratilgan izoh to‘ldiruvchi
C) ajratilgan izoh aniqlovchi
D)
ajratilgan izoh hol
15. To’liqsiz gap berilgan qatorni ko’rsating?
A) Xosh, xosh?
B) O’zining kimi bor? Bobosi, ammasi.
C) Hayot har doimo o’z to’lqinida qalqitib boradi.
D) Mayda ishlarga zeb bergan odam buyuk ishlarga
noqobil bo’ladi.
16. Shubhasiz, inson
ilm va mehnat bilan baxtli
bo‘ladi.
Gapning gap bo‘laklari bo‘yicha tahlili qaysi
javobda berilgan?
A) 1) uyushiq bo‘laklari: ilm bilan,
mehnat bilan
(vositali to‘ldiruvchi); 2) ajratilgan bo‘lak yo‘q; 3)
kiritma bor: shubhasiz; 4) undalma yo‘q; 5) gap
bo‘laklarining tartibi odatiy.
B) 1) ifoda maqsadiga ko‘ra – darak; 2) his-
hayajonning ifodalanishiga ko‘ra – his-hayajonsiz
gap; 3) tuzilishiga ko‘ra – sodda gap, yoyiq sodda
gap, to‘liq gap, egali gap.
C) 1) inson baxtli bo‘ladi – tobe bog‘lanish,
moslashuv, kesim va eganing shaxs-sonda mosligi (III
shaxs, birlik); 2) ilm bilan va mehnat bilan – teng
bog‘lanish, va teng bog‘lovchisi bilan bog‘langan; 3)
ilm bilan baxtli bo‘ladi – tobe bog‘lanish,
boshqaruv,
bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan; 4) mehnat bilan
baxtli bo‘ladi – tobe bog‘lanish, boshqaruv, bilan
ko‘makchisi orqali bog‘langan.
D) hech bir javobda gapning gap bo‘laklari bo‘yicha
tahlili to‘g‘ri berilmagan,
tahlil namunalari
aralashtirib yuborilgan
Do'stlaringiz bilan baham: