34
Qaysi bandda yuqoridagi jumla haqida noto’g’ri
mulohaza keltirilgan?
A) uchta olmosh qo’llangan.
B) Ikkita yasama so’z qo’llangan.
C) Vazifadosh ko’makchi ishtirok etgan.
D) Ikki o’rinda fe’lning sifatdosh shakli qo’llangan
20.
Bunda oy, quyoshdan chehralar olgan
O’g’il ham qizlarning erkasi bordir.
Har aytgan so’zidan Vatan tug’ilgan
Egasi bor yurtning ertasi bordir.
Noto’g’ri mulohazani aniqlang.
A) Ikkinchi satrdagi ham so’zi bog’lovchidir.
B) Olmoshning ikki turi qo’llangan.
C) Fonetik hodisa kuzatiladi.
D) Barcha fe’llar bir xil nisbat shaklida.
21. Besh-olti yuz nomozxonni bemalol sig’dira
oladigan bu binoni har biriga duradgorlar
tomonidan
o’ylab ishlov berilgan o’n ikki yog’och ustun o’z
kiftida tutib turibdi.
Ushbu gap haqidagi noto’g’ri mulohazani
aniqlang.
A) Binoni so’zidagi tushum kelishigi qo’shimchasi
to’g’ri qo’llangan.
B) Bir o’rinda fonetik hodisa yuz bergan.
C) Olmosh turkumiga mansub uchta so’z qo’llangan.
D) Aniq, majhul va orttirma nisbat shakllaridagi
fe’llar mavjud.
22. Qanday bo’laklar gap bo’laklari bilan
garamatik jihatdan bog’lanmaydi?
1) uyushiq bo’laklar;
2) umumlashtiruvchi bo’lak;
3) ajratilgan bo’laklar
4) kiritmalar
5)
undalmalar
A) 1 va 2 B) 1,2 va 3 C) 4 va 5 D) 1,2,3,4,5
23. Kuyib ketdi kitoblarning karvon-karvon,
Sinolarning malhamiga mushtoq zorman.
Ko’ksingdagi besh asrlik kuyik armon-
Novoiyga yetay desang, xalq bo’l elim
Do'stlaringiz bilan baham: