So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e



 
 
 
 
 
 
 
 


SO‘Z BOSHI
 
Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi» kafedrasining bir 
guruh o‘qituvchilari tomonidan dori turlari texnologiyasi amaliy mashg‘uloti uchun o‘quv qo‘llanma tuzildi. 
Dori turlari texnologiyasining boshlang‘ich mavzularini yoritib beradigan ushbu «Farmatsevtik texnologiya 
asoslari» fanidan amaliy qo‘llanma 2001-yil O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
dastur asosida tuzilgan. 
Dastur yetakchi Yevropa davlatlari Jahon sog‘liqni saqlash hamjamiyati va xalqaro farmatsevtlar 
federatsiyasi tomonidan taklif etilgan reja asosida tuzildi (namuna sifatida), farmatsevtik ta’lim bo‘yicha 
Jahon kongressi (7—9-aprel 1998-y, Yangi Orlean, AQSH) farmatsevt kadrlarga qo‘yilgan «Farmatsevt yetti 
yulduz» talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan dasturlardan foydalanildi. Qo‘llanma 
farmatsevtika oliygohi talabalari uchun mo‘ljallangan. 
Тalabalarning mustaqil o‘z ustilarida ishlashlari uchun qo‘llanmada har bir mavzu uchun qisqacha umumiy 
ko‘rsatmalar, topshiriqlar va qiziqarli oddiy, murakkab retseptlar, nazorat savollari berilgan. 
Farmatsevtik texnologiya asoslari fanidan amaliy mash¬g‘ulot uchun tavsiya etilgan qo‘llanma oliy o‘quv 
yurti talabalariga mo‘ljallangan o‘zbek tilida yozilgan birinchi o‘quv qo‘llanma bo‘lgani uchun ayrim 
kamchilik va nuqsonlardan xoli emasligi tabiiydir. Mualliflar bu borada bildirilgan fikr va mulohazalarni 
minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va keyingi nashrlarda e’tiborga oladilar.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling