So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv dorixonasida ishlash qoidalari bilan tanishish
1-Shahar davolash muassasasi Тoshkent, 700035, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 75. tel. 56-01-84. Bemorning familiyasi, ismi sharifi va yoshi Retsept yozilish vaqti Shifokorning familiyasi, ismi sharifi Rp: ___________________________ ______________________________ ______________________________ ______________________________ ______________________________ ______________________________ Shifokorning imzosi va shaxsiy muhri. Muhr o‘rni. O‘quv dorixonasida ishlash qoidalari bilan tanishish Dori turlari texnologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, talabalar bilimini nazariy bilimlar bilan birgalikda yanada mustahkamlaydi. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida talabalar dorixona sharoitida ishlash qoidalari bilan tanishib, o‘z olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lab mustahkamlaydilar. Тalabalar amaliy ish boshlashdan avval o‘z ish joylarini ko‘rib ishga tayyorlashlari lozim. Buning uchun amaliy ishga zarur dori moddalar va yordamchi moddalarni tayyorlab olishlari kerak. Ish stolida ishlashga xalaqit beradigan ortiqcha narsalar bo‘lmasligi lozim. Har bir talaba o‘z shaxsiy tozaligiga alohida e’tibor berishi kerak. Тez alanga oluvchi suyuqliklar bilan ehtiyot bo‘lib ishlash kerak. Dorixonada ishlaganda u yerning sanitar holatiga va texnika xavfsizligiga e’tibor berish zarur. Davlat farmakopeyasi — dori sifati me’yori Davlat farmakopeyasi (DF) dorivor moddalar sifatini belgilovchi majburiy umumdavlat standartlari va ko‘rsatmalarining yig‘indisini o‘z ichiga oladi. DF dori va dorivor moddalarga aloqasi bo‘lgan hamma tashkilotlar uchun qonuniy xarakterga ega. DF ning ko‘rsatmalari barcha tibbiyot muassasalari uchun majburiydir. Dorilar tayyorlash, sifatini aniqlash, saqlash va berishda DF asosiy qo‘llanma hisoblanadi. Farmokopeya — grekcha pharmason — dori yoki zahar, poeio — tayyorlash demakdir. Farmakopeya — katta ahamiyatga ega bo‘lgan dorivor moddalar sifatini nazorat qilish va ayrim dori turlarini tayyorlash qoidalarini o‘z ichiga oladi. X va XI DF ning chiqarilishi, ilg‘or fan va texnikaning yangi dorivor moddalarini topish, xom ashyolarni, dori moddalari va dorilarni o‘rganish, sintez qilish, ularni tayyorlash usullarini takomillashtirish, ularga bo‘lgan talabni oshirish, preparatlarni nazorat qilishda yangi usullarning ishlab chiqarilishi yo‘lida olib borilgan ishlarning yorqin samarasidir. Manuallar (lotincha Manuale — qo‘llanma) farmakopeyaga kiritilmagan turli dorilarni va tibbiyotda qo‘llaniladigan bir qancha moddalarni o‘z ichiga oladi. Manuallarda, bundan tashqari, dorilarni tayyorlash va qo‘llanish usullari ham qisqacha bayon etiladi. Farmakopeya va manualdan tashqari, farmatsiyaga oid bir qancha adabiyotlar: ma’lumotnoma, axborotnoma va farmatsevtik jurnallar nashr etiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling