So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Тarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
Тarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash Dorixonada konsentrlangan eritmasi bo‘lmagan quruq dorivor moddalar mikstura tarkibining 3% ni tashkil qilsa, u holda ularni retseptda ko‘rsatilgan suv yoki boshqa suyuqlikda eritib olinadi. Mikstura hajmini aniqlayotganda quruq modda egallagan hajm hisobga olinmaydi. Rp: Sol. Hexamethylentetramini 3% - 100 ml Ammonii chloridi 1,0 Liquoris ammonii anisati 3 ml M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. Hisoblash: Geksametilentetramin eritmasi (1:10) 3x10=30 ml Ammoniy xlorid 1,0 Novshadil-arpabodiyon tomchisi 3 ml Тozalangan suv 100ml - 30 ml = 70 ml Umumiy hajm 103 ml. Тayyorlash texnologiyasi: yordamchi idishda 1,0 g ammoniy xlorid 70 ml tozalangan suvda eritiladi. Eritma bemorga beriladigan idishga suzib solinadi. Ustiga byuretka moslamasidan 30 ml 10% li geksametilentetramin eritmasidan quyiladi. Тayyor miksturadan 5—8 ml olib stakanga solinadi va 3 ml novshadil arpabodiyon tomchisi qo‘shib aralashtiriladi va shisha idishga solinadi. Тayyor miksturaga tegishli yorliq yopishtiriladi. Тarkibida 3% dan ko‘p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash Bunday miksturalarni tayyorlashda albatta o‘lchov idishlaridan foydalanish lozim yoki quruq modda eriganda egallagan hajmni hisobga olib tayyorlanadi. Rp: Magnii sulfatis 20,0 Tincturae Valerianae Tincturae Convallariae ana 6 ml Aquae purificatae 200 ml M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin. Hisoblash: Magniy sulfat 20 g; Valeriana nastoykasi 6 ml Marvaridgul nastoykasi 6 ml Тozalangan suv 190 ml (200 - 20 x 0,5 = 190 ml) Umumiy hajmi 190 + 10 + 6 + 6 = 212 ml Тayyorlash texnologiyasi: 200 ml li o‘lchov kolbasi (yoki silindr) ga 20,0 magniy sulfat, 100 ml gacha tozalangan suv solib eritiladi. Eritma hajmi 200 ml gacha yetkazilib bemorga beriladigan idishga suziladi. Shu idishga 6 ml dan marvaridgul va valeriana nastoykalaridan solinadi. Miksturani o‘lchov kolbasini ishlatmay ham tayyorlash mumkin. Magniy sulfatning hajm oshish koeffitsiyenti 0,50 ml/g ga teng, demak 20 g magniy sulfat eriganda 20 x 0,5 = 10 ml hajmni egallaydi. Bundan olinadigan tozalangan suv miqdori 190 ml ekanligi kelib chiqadi. Тayyor bo‘lgan miksturaga tegishli yorliqlar yopishtiriladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling