So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Emulsiyalarga dorivor moddalarni qo‘shish
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emulsiya sifatini tekshirish
Emulsiyalarga dorivor moddalarni qo‘shish
Rp: Emulsi oleosi 120,0 Camphorae 2,0 M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. Hisoblash: Shaftoli moyidan —12,0 Kamforadan — 2,0 Jelatozadan — 7,0 Birlamchi suv — 10,5 ml Ikkilamchi suv — 90,5 ml 122—(12+2+7+10,5) = 90,5 ml Umumiy og‘irlik 122 g Chinni kosachaga 12 g bodom yoki shaftoli moyi solinadi. Olingan moy suv hammomida 40—50°C haroratgacha qizdirilib, unda 2 g kamfora eritiladi. Hovonchada 7 g jelatoza maydalanadi va ustiga sovutilgan kamforaning moyli eritmasi solinib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan massaning ustiga tezda 9,5 ml suv solinadi va birlamchi emulsiya hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lganini tekshirib ko‘rilgandan so‘ng qolgan suv oz-ozdan aralashtirib turgan holda qo‘shiladi. Тayyor emulsiya shisha flakonga suziladi va og‘irligi 122 g ga yetkaziladi. Rp: Emulsi ex oleis Ricini 160,0 Bismuthi subnitratis 1,0 Sirupi simplicis 20 ml Olei Menthae piperitae guttas V M .D.S. 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. Hisoblash: Kanakunjut moyidan 16,0 Jelatozadan 8,0 ml Qalampir yalpiz moyi 5 tomchi Vismut nitrat asosidan 1,0 Qand sharbatidan 20 ml (26,0 g) Birlamchi suv — 12 ml Ikkilamchi suv — 124 ml Umumiy og‘irlik 187 g Hovonchada 12 ml suv 8 g jelatoza bilan aralashtiriladi. Ustiga tomchilab 16 g kanakunjut moyi va 5 tomchi yalpiz moyi qo‘shilib emulgirlanadi. Birlamchi emulsiyaga 124 ml suv qo‘shib 2 qavatli dokadan suzib og‘irligi 160 g ga yetkaziladi. Hovonchada 1 g vismut nitrat asosi 0,5 g tayyor emulsiya bilan eziladi. Oz-ozdan qolgan emulsiya qo‘shiladi va 20 ml qand sharbati qo‘shib aralashtiriladi. Qo‘ng‘ir shisha idishga solinib kerakli yorliq yopishtiriladi. Emulsiya sifatini tekshirish 1. Mikroskopda dispers faza o‘lchamini bir xilligi tekshiriladi. Bunda katta zarrachalar bo‘lmasligi kerak. 2. Qavatlanishi 1500 ayl/daq. tezlikda sentrifugalanadi. Qatlamlarga ajralmasligi kerak. 3. Тermik turg‘unligi termostatda 50°C da tekshiriladi. 4. Qovushqoqligi viskozimetrlarda aniqlanadi. Kelajakda emulsiyalarni dori shakli sifatida rivojlantirishning 3 ta yo‘nalishi ko‘zda tutilgan: 1. Emulsiya tayyorlashda kichik mexanizatsiyalarni qo‘llash (dispergator, gomogenizatorlar); 2. Emulgatorlar ko‘lamini kengaytirish; 3. Emulsiya sifatini baholashning yangi usullarini joriy etish. ТOPSHIRIQLAR |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling