So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


-rasm. Parli sterilizator GPD-400


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

10-rasm. Parli sterilizator GPD-400. 
11-rasm. Sterilizator S-60. 
In’yeksion eritmalarni quyidagi holatlarda alohida talabga ko‘ra nazorat qilinadi. Steril dorilarni sterilizatsiya 
qilingandan keyin fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilinadi: tashqi ko‘rinishi, pH ko‘rsatkichi, 
chinligi, ta’sir etuvchi moddalar miqdori. Nazorat uchun har bir seriyadagi eritmadan 1 flakon tanlab olinadi. 


Mexanik zarrachalar bor yo‘qligi sterilizatsiyagacha va undan so‘ng maxsus ko‘rsatma bo‘yicha tekshiriladi. 
Flakonlar tozaligini ham tekshiriladi. Maxsus ko‘rsatmaga asosan pirogen moddalar bor-yo‘qligi va sterillanganligi 
biologik laboratoriyalarda tekshirib ko‘riladi. Alohida tayinlangan provizor-texnolog yoki farmatsevt nazorati ostida 
eritmalar sterillanadi. Bular jurnalga yozib boriladi. Kimyoviy tahlil natijalari ham maxsus jurnalga yozib boriladi. 
In’eksion dorilar sifati hamma bosqichlar bo‘yicha nazorat qilinadi. Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, mexanik 
zarrachalarning bo‘lishi, qopqog‘i yaxshi yopilmaganligi natijasida sterilligining yo‘qolishi in’eksion eritmaning 
buzilganligini ko‘rsatadi. In’eksion dorilarni quyidagi hollarda tayyorlab bo‘lmaydi: 
— kimyoviy jihatdan bir-biriga mos kelmasa; 
— tayyorlanishi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmasa; 
— sterillash tartibi, kimyoviy nazorat usuli bo‘lmasa. 
 
 
In’yeksion eritmalar tayyorlashda qo‘llaniladigan idish va yordamchi 
materiallarni tayyorlash 
Oldindan ishlatilgan va shifoxona bo‘limlaridan tushgan idishlarning qopqoqlari olinib, ichi va tashqi tomoni 
suvda chayiladi va 50—60°C gacha isitilgan yuvuvchi vosita eritmasiga 20—25 daqiqaga solib qo‘yiladi. So‘ngra 
idish yuvish mashinasi yoki chyotka yordamida yaxshilab yuviladi. 3 marta ichimlik suvi va yangi haydalgan 
tozalangan suv bilan chayilgan idishlar maxsus metall biksga joylashtirilib, avtoklav yoki quritgich shkafida 
sterillanadi (XI DF, «Sterilizatsiya» maqolasi, 2-tom, 19-bet. «Sanitarnie trebovaniya i normi ustroystva
oborudovaniya i ekspluatasii aptek» SanPIN №0078—98).

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling