So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Kompleks birikmalar hosil qilib eriydigan moddalardan eritmalar tayyorlash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

Kompleks birikmalar hosil qilib eriydigan moddalardan eritmalar tayyorlash 
Suvda yomon eriydigan yod (1:5000), simob diyodid (HgI
2
) (1:25000) kabi moddalar kaliy yoki natriy yodidlar 
bilan suvda yaxshi eriydigan kompleks birikmalar hosil qilishi mumkin.
Farmatsevtika amaliyotida keng qo‘llaniladigan eritmalardan biri Lyugol eritmasidir. Uning 5% (ichish uchun) 
va 1% li (sirtga qo‘llash uchun) eritmalari mavjud bo‘lib, tarkibi quyidagichadir.
Rr: Iodi 1,0 
Kalii iodidi 2,0 
Aquae purificatae ad 100ml 
M. D. S. Sirtga qo‘llash uchun.
Rr: Iodi 1,0 
Kalii iodidi 2,0 
Aquae purificatae ad 20ml 
M. D. S. Ichish uchun.
2 g kaliy yodid 1,5—2,0 ml tozalangan suvda eritiladi. Hosil bo‘lgan to‘yingan eritmada pergament qog‘ozda 
o‘lchab olingan 1,0 yod kristallari eritiladi. Yod to‘liq erigandan so‘ng tozalangan suv quyib hajmi 100 ml ga 
yetkaziladi. Eritma paxta tampon yoki shisha filtr orqali suziladi va qo‘ng‘ir shisha idishlarda, tegishli yorliq 
yopishtirilib chiqariladi. 
Lyugol eritmasi ichish uchun berilsa, tomchilab sutga qo‘shib ichiladi.
Yordamchi moddalar ishtirokida yaxshi eriydigan tuz hosil qilib, eritmalar tayyorlash 
Osarsol eritmasini tayyorlash: 
Osarsol suvda juda yomon eriydi, lekin natriy gidrokarbonat eritmasida oson erib ketadi. Odatda 1g osarsolga 
0,61g natriy gidrokarbonat qo‘shib eritish tavsiya etiladi. 
Rr: Sol. Osarsoli 5%— 200 ml 
Natrii hydrocarbonatis 4,0 
M.D.S. Sirtga. 
Hisoblash: Osarsol 10,0 
Natriy gidrokarbonat 6,1 
Тozalangan suv 200 ml gacha 


Umumiy hajm 200 ml 
Yuqoridagi retseptni tayyorlash uchun 6,1 g natriy gidrokarbonat tuzi suvda eritilib, hosil bo‘lgan eritmada 10 g 
osarsol karbonat angidrid gazi to‘liq chiqib ketguncha aralashtirib, eritiladi va shisha idishga suzib solinadi. «A» 
ro‘yxatdagi moddalar kabi yorliqlanadi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling