SO‘Z BOSHI
Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi» kafedrasining bir
guruh o‘qituvchilari tomonidan dori turlari texnologiyasi amaliy mashg‘uloti uchun o‘quv qo‘llanma tuzildi.
Dori turlari texnologiyasining boshlang‘ich mavzularini yoritib beradigan ushbu «Farmatsevtik texnologiya
asoslari» fanidan amaliy qo‘llanma 2001-yil O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
dastur asosida tuzilgan.
Dastur yetakchi Yevropa davlatlari Jahon sog‘liqni saqlash hamjamiyati va xalqaro farmatsevtlar
federatsiyasi tomonidan taklif etilgan reja asosida tuzildi (namuna sifatida), farmatsevtik ta’lim bo‘yicha
Jahon kongressi (7—9-aprel 1998-y, Yangi Orlean, AQSH) farmatsevt kadrlarga qo‘yilgan «Farmatsevt yetti
yulduz» talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan dasturlardan foydalanildi. Qo‘llanma
farmatsevtika oliygohi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Тalabalarning mustaqil o‘z ustilarida ishlashlari uchun qo‘llanmada har bir mavzu uchun qisqacha umumiy
ko‘rsatmalar, topshiriqlar va qiziqarli oddiy, murakkab retseptlar, nazorat savollari berilgan.
Farmatsevtik texnologiya asoslari fanidan amaliy mash¬g‘ulot uchun tavsiya etilgan qo‘llanma oliy o‘quv
yurti talabalariga mo‘ljallangan o‘zbek tilida yozilgan birinchi o‘quv qo‘llanma bo‘lgani uchun ayrim
kamchilik va nuqsonlardan xoli emasligi tabiiydir. Mualliflar bu borada bildirilgan fikr va mulohazalarni
minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va keyingi nashrlarda e’tiborga oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |