So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»
Тarozilarni tuzilishi va ularni bog‘lashni o‘rganish
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
6438e812ab16e
Тarozilarni tuzilishi va ularni bog‘lashni o‘rganish Dorixona sharoitida asosan qo‘l va posongili tarozilar qo‘llaniladi. Ular o‘zining aniqligi bo‘yicha ikkinchi sinf texnik tarozilar qatoriga kiradi. Qo‘l tarozilar 1 g, 5 g, 10 g, 20 g, 100 g va 200 g, posongili tarozilar 500 g va 1000 g li bo‘ladi. Qo‘l tarozilar quyidagi qismlardan: halqa, strelka, ustun, yelka, zirak, ipak ip va palladan iborat bo‘ladi. Posongili tarozilar esa quyidagi qismlardan tuzilgan: uchta prizma, yelka, tayanch ustun, strelka, shkala, zirak, metall ip, palla, stolcha va strelkani harakatlantiruvchi burchak. 1-rasm. Dorixona qo‘l tarozisida tortish. Dorixona sharoitida har bir xodim avvalo qo‘l tarozisi qismlarini yig‘ib, keyin uni bog‘lashni bilishi kerak. Bu jarayon quyidagicha bajariladi: tarozi yelkasi uzunligiga teng qilib 4 ta ipak ip qirqib olinadi. Ipning bir uchi tugiladi, ikkinchi uchi esa tarozi pallasining tashqi tomonidan ichki tomoniga o‘tkaziladi. So‘ngra, yelkadagi zirakchadan o‘tkazib, keyin pallaning ichki tomonidan tashqi tomoniga o‘tkazib ipning uchi tugiladi. Xuddi shu tarzda qolgan iplar ham bog‘lanadi. Ikkinchi ipni o‘tkazgandan so‘ng, ipning bo‘sh qolgan uchi 5—8 marta aylantirilib uchta ip birgalikda bog‘lab qo‘yiladi. Ikkinchi tarozi pallasi ham xuddi shu tarzda bog‘lanadi. Keyin tarozi to‘g‘riligi tekshiriladi. Тarozini muvozanatga keltirish uchun ipning bo‘sh qismini qirqib tarozi to‘g‘rilanadi. Тarozining metrologik tavsifini o‘rganish Тarozining metrologik tavsifi uning turg‘unligi, ishonchliligi, sezgirligi va doimiyligi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. a) turg‘unligi — bu tarozi yelkasining muvozanat holatidan chiqib ketib 4—6 marta harakatlangandan keyin yana dastlabki muvozanat holatini egallashiga aytiladi; b) ishonchliligi — bu tarozining o‘lchanadigan modda va tosh o‘rtasidagi muvozanatiga aytiladi (tosh bilan o‘lchanadigan moddani almashtirib qo‘ygan holatda ham birinchi muvozanat holatini ko‘rsatishiga aytiladi); d) doimiyligi — bu tarozining bir xil sharoitda birorta moddani bir necha marta o‘lchaganda ham, bir xil ko‘rsatkichni ko‘rsatishiga aytiladi; e) sezgirligi — bu tarozining juda kichkina og‘irlikni sezib, o‘z muvozanat holatidan chiqib ketishiga aytiladi. Yuqorida qayd etilgan tarozining metrologik holatini aniqlab ish daftariga yozib qo‘yilsin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling