So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
1-Shahar davolash muassasasi 
Тoshkent, 700035, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 75. tel. 56-01-84. 
Bemorning familiyasi, ismi sharifi va yoshi 
Retsept yozilish vaqti 
Shifokorning familiyasi, ismi sharifi 
Rp:
___________________________ 
______________________________ 
______________________________ 
______________________________ 


______________________________ 
______________________________ 
Shifokorning imzosi va shaxsiy muhri. 
Muhr o‘rni.
O‘quv dorixonasida ishlash qoidalari bilan tanishish 
Dori turlari texnologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, talabalar bilimini nazariy bilimlar bilan birgalikda 
yanada mustahkamlaydi. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida talabalar dorixona sharoitida ishlash qoidalari bilan 
tanishib, o‘z olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lab mustahkamlaydilar. Тalabalar amaliy ish boshlashdan 
avval o‘z ish joylarini ko‘rib ishga tayyorlashlari lozim. Buning uchun amaliy ishga zarur dori moddalar va 
yordamchi moddalarni tayyorlab olishlari kerak. Ish stolida ishlashga xalaqit beradigan ortiqcha narsalar 
bo‘lmasligi lozim. Har bir talaba o‘z shaxsiy tozaligiga alohida e’tibor berishi kerak. Тez alanga oluvchi suyuqliklar 
bilan ehtiyot bo‘lib ishlash kerak. 
Dorixonada ishlaganda u yerning sanitar holatiga va texnika xavfsizligiga e’tibor berish zarur. 
 
Davlat farmakopeyasi — dori sifati me’yori 
Davlat farmakopeyasi (DF) dorivor moddalar sifatini belgilovchi majburiy umumdavlat standartlari va 
ko‘rsatmalarining yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
 
DF dori va dorivor moddalarga aloqasi bo‘lgan hamma tashkilotlar uchun qonuniy xarakterga ega. 
DF ning ko‘rsatmalari barcha tibbiyot muassasalari uchun majburiydir. 
Dorilar tayyorlash, sifatini aniqlash, saqlash va berishda DF asosiy qo‘llanma hisoblanadi. 
Farmokopeya — grekcha pharmason — dori yoki zahar, poeio — tayyorlash demakdir. 
Farmakopeya — katta ahamiyatga ega bo‘lgan dorivor moddalar sifatini nazorat qilish va ayrim dori turlarini 
tayyorlash qoidalarini o‘z ichiga oladi. 
X va XI DF ning chiqarilishi, ilg‘or fan va texnikaning yangi dorivor moddalarini topish, xom ashyolarni, dori 
moddalari va dorilarni o‘rganish, sintez qilish, ularni tayyorlash usullarini takomillashtirish, ularga bo‘lgan talabni 
oshirish, preparatlarni nazorat qilishda yangi usullarning ishlab chiqarilishi yo‘lida olib borilgan ishlarning yorqin 
samarasidir. 
Manuallar (lotincha Manuale — qo‘llanma) farmakopeyaga kiritilmagan turli dorilarni va tibbiyotda 
qo‘llaniladigan bir qancha moddalarni o‘z ichiga oladi. Manuallarda, bundan tashqari, dorilarni tayyorlash va 
qo‘llanish usullari ham qisqacha bayon etiladi. 
Farmakopeya va manualdan tashqari, farmatsiyaga oid bir qancha adabiyotlar: ma’lumotnoma, axborotnoma va 
farmatsevtik jurnallar nashr etiladi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling