So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


-rasm. Dorixona qo‘l tarozisining tuzilishi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

2-rasm. Dorixona qo‘l tarozisining tuzilishi. 
1– yelkasi, 2– tayanch prizma, 3– halqa, 4– strelka, 
5– muvozanat sozlagichi, 6– yuk prizmasi, 7– ziraklar, 8–palla. 
 
Тoshlar bilan tanishish 
Og‘irlik o‘lchov birligining asosi qilib kilogramm qabul qilingan. Kilogramm platina — iridiy qotishmalaridan 
tayyorlangan silindrsimon massa bo‘lib, 1889-yilda og‘irlik va o‘lchov bo‘yicha I Xalqaro konferensiyada 
kilogrammning prototipi sifatida qabul qilingan. 
Bu prototipning og‘irligi 4°C da 1 l kimyoviy toza suvning og‘irligiga teng. 
Тortishda qo‘llaniladigan tarozi toshlari katta-kichikligiga qarab, maxsus qutichalarda saqlanadi. 
Dorixonada ikkinchi sinf texnik toshlar qo‘llaniladi. Ularga mayda (milligramm) — 10 mg dan 1000 mg gacha 
va yirik (grammli) — 1 g dan 200 g yoki 500 g gacha bo‘lgan toshlar kiradi. 
Тoshlarni toza saqlash lozim, chang tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Ularni ishlatish vaqtida mayda toshlarni pinset bilan olish, yiriklarini esa toshning «boshcha» sidan ushlab olish 
tavsiya etiladi. 
Poroshoklarni qadoqlash uchun retseptlar
Har bir talaba retseptni lotin tiliga tarjima qilishi va bittadan retsept tarkibidagi dori moddasini o‘qituvchi 
ko‘rsatmasiga ko‘ra qadoqlab topshirishi kerak. 
1.Rp.: Natrii hydrocarbonatis 0,3 
D.t.d. №10 


S. Bitta poroshokdan uch mahal ichilsin.
2.Rp.: Calcii carbonatis 0,25 
D.t.d. №10 
S. Bitta poroshokdan uch mahal ichilsin. 
3. Rp.: Camphorae 0,5 
D.t.d. №10 
S.Bitta poroshokdan uch mahal ichilsin. 
4. Rp.: Thealbini 0,35 
D.t.d. №10 
S. Bitta poroshokdan uch mahal ichilsin. 
5. Rp.: Magnii oxydi 0,2 
D.t.d. №10 
S. Bitta poroshokdan uch mahal ichilsin. 
6.Rp.: Calcii gluconatis 0,4 
D.t.d. №10 
S. Bitta poroshokdan uch mahal ichilsin. 
Poroshoklarni qadoqlash 5 grammlik qo‘l tarozisida bajariladi. 
Qadoqlangan poroshok o‘lchami 7,5x10 sm li oddiy qog‘oz kapsulani markaz qismiga qadoqlab solib o‘raladi. 
Kapsulani pastki qismi 0,5 sm ortiqcha qoldirib bukiladi va u yana ikki marta bukiladi, keyin ikkala tomoni bir-
biriga kiritiladi. Bunda chiziqchasi o‘rtada bo‘lishi kerak. Keyin qadoqlangan poroshoklar 3 yoki 5 tadan bir-biriga 
kiritilib, qog‘oz xaltachalarga solinadi. Poroshok solingan qog‘oz xaltachaning yuqori qismi ikki marta oldinga
bukiladi va burchaklari esa orqa tomonga bukiladi. So‘ngra «kukun» yorlig‘i yopishtirilib bemorga beriladi. 
Poroshoklarni qadoqlashda ТK-3 va DP-2 qadoqlash (VNIIF da ishlab chiqilgan) asboblaridan ham foydalaniladi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling