So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Poroshoklarni umumiy tayyorlash bosqichlari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

Poroshoklarni umumiy tayyorlash bosqichlari 
 
Maydalash— Pulverisatio. 
Qaybir dorilar, o‘zlarida biror xil ta’sir bo‘lgani holda, qattiq yanchilsalar, boshqa xil ta’sirga ega bo‘lishlari 
mumkin. Moddasi latif dorilarni yanchishda haddan oshirib yuborish kerak emas. Moddasi zich tuzilgan 
dorilarnigina haddan oshiq yanchish kerak. Ayniqsa dorilarni uzoq joyga o‘tkazish istalsa va u dorilar zich tuzilgan 
bo‘lib, harakatlari og‘ir bo‘lsa, ularni qattiq yanchish kerak bo‘ladi (Abu Ali ibn Sino)
Asosan dori moddalari kristall va amorf ko‘rinishda bo‘lgani uchun ularni dorixonalarda qayta maydalashga 
to‘g‘ri keladi. Shuning uchun dorixonalarda dorini maydalash uchun kerak bo‘ladigan oddiy asbob-uskunalar 
yetarli bo‘lishi kerak. Dorixonalarda eng ko‘p ishlatiladigan maydalash asbobi bu hovoncha — mortaria, dastasi — 
pistilla. 
Ular cho‘yan, shisha, chinni, agatdan yasalgan bo‘ladi. Hovonchalar 7 ta sondan iborat bo‘lib, ularni diametri 
50—243 mm gacha bo‘ladi. 
3-rasm. Dorixona chinni hovonchalari: 


a) oddiy; b) mexanik hovoncha. 
Murakkab poroshoklar tayyorlashda eng avvalo hovoncha tanlanadi, keyin unga bezarar modda solinadi. Agar 
bunday modda bo‘lmasa, yanchishni hovoncha teshiklariga kirib qolishi ehtimoli kam bo‘lgan moddalardan 
boshlanadi. Har qanday moddani hovonchada maydalaganda ularning miqdori qisman kamayadi (2,3- jadvalga 
qaralsin). 
Bunday kamayish moddalarning fizik-kimyoviy xossalariga bog‘liq. 
Rp.: Phenacetini 0,05 
Papaverini hydrochloridi 0,005 
Amidopyrini 0,25 
Misce fiat pulvis
Da tales doses N20 
Signa. Bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. 
Hisoblash: Fenasetin — 1,0g 
0,05 Ѕ 20 = 1,0 g 
Papaverin gidroxlorid - 0,1g 
0,005 Ѕ 20 = 0,1g 
Amidopirin - 5,0 g 
0,2 5 Ѕ 20 = 5,0
Umumiy og‘irligi = 6,1 g 
Fenasetin uchun yo‘qotilgan qismi — 95 mg 
19
*
x 5
**
= 95 mg 
Papaverin gidroxlorid uchun yo‘qotilgan qismi - 50mg 
10 Ѕ 5 = 50mg 
Amidopirin uchun yo‘qotilgan qismi — 185mg 
37 Ѕ 5 = 185 mg 
Natijalarini foizga aylantirsak: 
1. 1 - 100% 
0,095 - x x = 9,5% 
2. 0,1 - 100% 
0,05 - x x = 50% 
3. 5 - 100% 
0,185 - x x = 3,7% 
Demak hovonchaga dastlab amidopirin solinadi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling