So‘z boshi тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi»


Тo‘zg‘uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/78
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1791379
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
Bog'liq
6438e812ab16e

 
Тo‘zg‘uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash 
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga to‘zg‘uvchi moddalar kirsa (magniy oksid, talk, kaolin va boshqalar), 
bunday poroshoklarni tayyorlashda to‘zg‘uvchi moddalar eng oxirida qo‘shiladi va uzoq aralashtirilmaydi. Chunki 
poroshoklarni yo‘qotish miqdori me’yoridan ortiq bo‘lib qolish ehtimoli mavjuddir. 
 
Rp.: Magnii oxydi 
Vismuthi subnitratis ana 0,15 
Misce fiat pulvis 
Da tales doses N10 
Signa. Kuniga bitta poroshokdan
3 mahal ichilsin. 
Тayyorlanishi: hovonchaga 1,5 g vismut nitrat asosidan solib, yaxshilab maydalanadi. Keyin uning ustiga 1,5 
g magniy oksidi 2—3 bo‘lakka bo‘lib solinadi va bir xil poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Тayyor 
poroshok 10 ta oddiy qog‘ozga 0,3 g dan qadoqlanadi. So‘ngra qog‘oz xaltachaga solinib va unga tegishli yorliq 
yopishtiriladi. 
Bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash 
 
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga bo‘yovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen 
ko‘ki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi. 
Тayyorlash vaqtida rangli modda rangsiz moddalar o‘rtasiga solib aralashtiriladi. 
 
Rp.: Riboflavini 0,01 
Sacchari 0,2 
Misce fiat pulvis 
Da tales doses N6 


Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. 
Тayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan qandning 1/2 qismini 
havonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 g riboflavin solinadi, keyin qolgan 1/2 qism qand kukuni solinib, bir xil 
rangdagi poroshok hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. 
Тayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi.
Ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling