So'z boshi
-ma'ruza SHAXS PSIXOLOGIYASI
Download 0.53 Mb.
|
Psixologiya
3-ma'ruza SHAXS PSIXOLOGIYASI
«Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi. Shaxsning faolligi va yo'naltirilganligi. Shaxsning shakllanishi. 1. «Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida psixologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur boigan. Chunki bu inson va uning ruhiyati bilan bogiiq va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bevosita va bilvosita shaxslar bilan ishlaydi. Shunday ekan, inson shaxsini o'rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug'ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Birinchidan, inson u yoki bu aloqa tizimiga binoan biologik evolutsiya mahsuli sifatida o'rganiladi. Ikkinchidan, shaxs tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti tariqasida tadqiq etiladi. Uchinchidan, individ muayyan koiamda o'zgaruvchan taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. XXI asrda yashovchi shaxslar insonparvarlik g'oyalarini o'zida aks ettiruvchi kishilar sifatida hayot va faoliyatda o'zini o'zi nazorat qilish, baholash, ifodalay olish, kamol toptirish, kashf qilish va o'ziga o'zi buyruq berish imkoniyatlariga ega boimoqlari lozim. Bu esa, o'z navbatida, muayyan davrni taqozo etadi. Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek milliy mustaqillik va uning ne'matlari respublikamizda tub o'zgarish-larni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg'u, milliy qiyofa, milliy ta'b, milliy kuy, milliy raqs, milliy ma'naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta'siri ostida o'zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivoj topayotgan, boshqa odamiar bilan birgalikdagi faoliyatini amalga oshirayotgan va ular bilan munosabatga kirishayotgan kishi sekin-asta shaxsga aylanib bormoqda. Moddiy dunyoni, jamiyatni va, xususan, o'zini o'rganish va faol tarzda qayta o'zgarish subyektiga aylan-moqda. O 'z menligini anglagan, o 'zgalar bilan o 'zaro munosabatlarga kirisha oladigan, tabiat va jamiyatga faol ta 'sir o 'tkaza oladigan, har qanday individga shaxs deyiladi. Chaqaloqning inson zotiga mansubligi Individ tushunchasida ifodalanadi (bundan farqli o'laroq, hayvonot bolasi dunyoga kelishi bilanoq va hayotning oxiriga qadar jonzod deb yuritiladi). «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Shunday qilib, muayyan kishini individ deb ataganda, biz juda ko'p narsalarni aytgan bo'lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning po-tensial ravishda inson ekanligi ta'kidlanadi. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kasb etadi, shaxs boiib yetishadi. Individuallik kishining o'ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayoniga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos usullari va boshqalarda namoyon bo'ladi. «Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o'xshash boima-gani singari, o'z navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga o'xshash emas. «Shaxs» ya «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada bir-likdan iborat bo'lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o'zi ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. ...";, «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va «shaxs» tushunchalari singari) aynan bir-biriga o'xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida, individning tizimi tarzidagi ijtimoiy fazilat sifatida qaraladigan G'arb psixologiya fanining ayrim yo'nalishlarida shaxs bilan individuallikning tuzilishi bir-biriga tobora mosligi tan olinadi. Bunday psixologik maktablar va yp'nalishlaming vakillari individuallikning tuzilishi aniq ta'riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini to'lig'icha o'z ichiga oladi va ta'riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari suradilar. Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o'zining muayyan ijtimoiy muhiti bilan «haqiqiy munosabatlar» subyekt sifatida namoyon bo'li-shi inobatga olinadigan bo'lsa, shaxsning tuzilishiga muayyan ijtimoiy guruhlar, jarhoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart. Jurhladan, psixologiyada individuallikning ko'pgina xislatlari -moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniqlangan. Bular jamlanib individning o'ziga xosligini ko'rsatadi. Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga qaraganda keng ekanligi shubhasiz. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini ko'rsatadigan va faqat ehtirosda, ich-ki qiyofada, qobiliyatlarda va boshqalarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo'lgan guruhlarda, guruh uchun yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o'zini namoyon etishini ham qo'shish shart. Individuallik tarzida shaxsni tadqiq etish natijasida olingan ma'lumotlar individlararo munosabatiar subyekti sifatida shaxsning ta'rifiga bevosita ko'chirilishi mwmkin emas: individual-tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shafcllanayot-gan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvo-sita ifodasi hisoblangan faoliyatning xususiyati, qadriyatlari va maq-sadlariga bog'liq tarzda, jiddiy ravishda turli xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiat) va ijtimoiy omillarning o'zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixoiogiyasidagi eng murak-kab va munozarali masalalardan biridir. G'arb psixologiyasining ayrim maktablarida shaxsda ikki omil -biologik hamda ijtimoiy omillar ta'wri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik tuzilma borligini alohida ta'kidlaydigan nazariya sezilarli o'rin egallaydi. Inson shaxsining o'zi «endopsixik» va «ekzopsixik» tuzilishga bo'linadi, degan fikr ham tfgari suriladi. Shaxs tuzilishining ichki tuzilishi sifatida «endopsixika» bamisoli kishining asab-psixik tuzilishiga o'xshash bo'lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qism-lar va funksiyalarning o'zaro ichki bogiiqligini ifoda etadi. Ekzopsi-xikaning tashqi muhitga munosabati bilan, ya'ni shaxs qanday bo'1 masin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo'lgan va shaxsga qa- rama-qarshi turadigan tuzilishlarining barchasiga nisbatan munosabati bilan belgilanadi. / «Endopsixika» rnoyillik, xotira, tafakkur va xayol jxususiyatlari, irodaviy zo'r berish, tashqi ta'sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xis-latlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari tizimi va uning tajriba-sini, qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallarini ustun darajadagi his-tuyg'ularini shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o'z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi «endopsixika» ijtimoiy omil bilan belgilanadi-gari «ekzopsixika»ga qarama-qarshi oiaroq, biologik jihat bilan bog'liqdir. Tabiiy tarkibiy jihatlar va belgilar kishi shaxsining individuallik tuzilishida uning ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan qismlari sifatida mavjud bo'ladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshqa fazilatlar) va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning mustaqil kichik tuzilishi sifatida bir-biriga o'zidan-o'zi qarama-qarshi qo'yilishi mum-kin emas. ' ' Binobarin, individuallikning tuzilishida tabiiy, biologik omillar-nihg ham o'rnini tan olgan holda, kishi shaxsidagi biologik kichik tuzilishni faqat shunga asoslanib ishlash murnkin emas. Negaki, unda ular o'zgargan holda allaqachon mavjuddir. Shunday qilib, shaxsning ruzilishiga, birinchi navbatda, uning in-dividualligini kishi ehtirosi, ichki qiyofasi, qobiliyatlarining tuzilishida mujassamlashgan, shaxs psixologiyasini anglab yetish uchun zarur, lekin yetarli bo'lmagan tizimli tarzda tuzilishi kiradi. Shu tariqa shaxs tuzilishining birinchi tarkibiy qismi uning individ ichkarisidagi (introindivid) kichik tizim alohida namoyon boiadi. Introindivid va inter kichik tizimlari shaxsning o'zini namoyon qilishning barcha jihatlarini aks ettira olmaydi. Shaxsning tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qismni metaindivid (individning ustki ko'rinishi) kichik tuzilishini ham alohida ko'rsatish imkoniyati mavjud. Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan, uchta kichik tizimdan iborat: shaxsning individualligi, uning shaxsla-raro munosabatlar tizimida va boshqa - odamlarda gavdalanganligi hamda shaxsning o'zi kelib chiqishiga ko'ra individlararo ijtimoiy munosabatlar va aloqalar subyekti sifatida mavjud bo'lishiga barcha uchala jihatning birligida ta'riflangan bo'lishi shart. Shaxsning metaindivid kichik tizimi kishining eng muhim ma'na-viy ehtiyojlaridan biri shaxs darajasiga ko'tarilish ehtiyojini, ya'ni o'z faoliyati bilan boshqa odamlarning aqliy va. emotsional jabhalarida ular uchun ahamiyatga ega bo'lgan o'zgarishlar; yasashini boshqalar-dan ko'proq darajada ifoda etadi. Shunday qilib, jamiyatda yashayotgan kishida ta'lim va tarbiya berish to'g'ri yo'lga qo'yilgan taqdirda ijtimoiy foydali faoliyatda shaxs darajasiga ko'tarilish ehtiyojining shakllanishi va qondirihshi uchun barcha shart-sharoitlar tarkib topadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling