So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib


Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/85
Sana22.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1649183
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Nazorat savollari va topshiriqlar 
1. 
Ta’limni isloh qilishda o‘quv dasturlarining ahamiyati 
qanday? 
2. 
Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va 
kasbga yo‘naltirish masalalarini izohlang? 
3. 
Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus 
maktablar faoliyati haqida so‘zlab bering?
4. 
O‘quvchilar bilimini baholash mezonlarini ayting? 
5. 
Yaponiyada baholash tizimining o‘ziga xosligi nimada? 
6. 
Fransiyada o‘quvchilarni baholash qanday ko‘rinishda 
tashkil etilgan? 
7. 
Germaniyada o‘quvchilarni baholash qanday tashkil 
etilgan? 
8. 
Xalqaro tajribalarni o‘rganishning ahamiyati. 
9. 
Integratsiyalashgan kurslarning ahamiyatini ayting? 
10. 
Jahon mamlakatlari ta’lim tizimini qiyosiy tahlil qiling? 
 


60 
2- bob. ZAMONAVIY DUNYODA TA’LIM MUAMMOLARI 
VA TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISH
2.1. Bolonya jarayoni mamlakatlari va O‘zbekiston oliy 
ta’lim tizimi qiyosiy tahlili 
Ta’lim tizimini isloh qilish, uni takomillashtirish va sifat 
darajasini oshirish yo‘lida ustuvor vazifalardan qilib, dunyodagi eng 
ilg‘or mamlakatlar bilan tajriba almashish, global ta’lim 
jarayonlarida faol ishtirok etish, hamda o‘qituvchi va talabalar 
oldida turgan sun’iy to‘siqlarni bartaraf etishni belgilasa bo‘ladi. 
Ushbu maqsadlarga erishishning samarali yo‘llaridan biri sifatida 
Boloniya jarayoniga qo‘shilish bo‘lib ko‘rinadi, zero yoriq 
sharoitlarda 
ta’limni 
rivojlantirib 
bo‘lmasligini 
ko‘plab 
mamlakatlarning tajribasidan bilib olish mumkin. 
Boloniya jarayoni - Evropa mamlakatlari orasida oliy ta’limni 
uyg‘unlashtirish jarayonidir. Bu tushunish oson bo‘lgan va o‘xshash 
darajalar (malakalar) tizimini yaratishini, ta’limning kredit tizimiga 
o‘tishini, ta’limning sifatini ta’minlashda erkin akademik 
harakatlanishni va Evropadagi ta’lim hamkorligini o‘z ichiga oladi. 
Qisqa qilib aytganda, bu Evropa mamlakatlarining oliy ta’lim 
tizimlarini uyg‘unlashtirish, har bir kishi uchun teng ravishda 
ta’limni ta’minlash, intellektual, madaniy, ijtimoiy, ilmiy va 
texnologik salohiyatni shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim 
sifatini takomillashtirish jarayonidir. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling