So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
I BOB. QIYOSIY TA’LIM VA QIYOSIY
PEDAGOGIKANING FAN SIFATIDA RIVOJLANISHI 1.1. Qiyosiy ta’lim tushunchalari va ularning zamonaviy ta’lim amaliyotiga ta’siri Qiyosiy ta’lim yoki komparativistika dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo‘lib, turli masalalarni, jumladan, o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muammolarining jahon mamlakatlarida rivojlanish masalalarini ham o‘rgangan. Qadim zamonlardayoq, falsafiy ta’limotlar mazmunida turli xalqlar va mamlakatlarda bolalarga qanday ta’lim - tarbiya berganliklari to‘g‘risida anchagina ma’lumotlar mavjud edi. Ularda ta’lim - tarbiya metodlari va qadriyatlari umumlashtirilgan bo‘lib, katta avloddan yosh avlodga hayotiy tajribani qanday etkazilayotganligining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan edi. Zamonaviy tilda qiyosiy ta’lim komparativistika deb ham ataladi. Komparativizm (lot. comparativis-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma’nosini anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, o‘xshash hodisalarning o‘zaro mos jihatlarini ajratishni o‘zida mujassamlashtiradi. Ingliz tilida “to compare” ham “taqqoslash” degan ma’noni anglatadi. Mustaqil falsafiy tushuncha sifatida komparativizm turli fan sohalarida, shuningdek, adabiyotshunoslikda turli xalqlar badiiy adabiyotida obraz va syujetlar rivojlanish jarayonini qiyosiy tarixiy tahlil etishda qo‘llaniladi. Ta’lim nazariyasida “komparativistika” tushunchasi “qiyosiy pedagogika” tushunchasi bilan bir sinonik qatorda turadi. Shuning uchun pedagogikaning bu sohasini - pedagogik komparativistika” deb atasa ham xato bo‘lmaydi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, chet el manbalarida ko‘proq - qiyosiy pedagogika” emas, balki - qiyosiy ta’lim” atamasi ishlatiladi. Zero, - ta’lim” (mg.education”) so‘zi pedagogika (- pedagogie”) so‘ziga nisbatan keng ma’noda qo‘llaniladi. Chet el pedagogik an’anasiga ko‘ra - ta’lim” so‘zi rivojlanish, ta’lim va tarbiya birligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda pedagogika faqat bolalarning ta’limi va tarbiyasiga taalluqli tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Shuning uchun ham chet el ta’rifida - qiyosiy ta’lim” (- education compare”) iborasini - qiyosiy pedagogika” (“pedagogie comparative”) ga nisbatan ko‘proq ishlatilishini kuzatamiz. Biz - qiyosiy pedagogika”, - pedagogik komparativistika”, - qiyosiy 7 ta’lim” va - komparativistika” tushunchalarini bir ma’nodosh so‘zlar qatorida qo‘llaymiz. Chunki bir qancha farqli jihatlariga qaramasdan, zamonaviy pedagogik nazariyasi va amaliyotida bu tushunchalar tez-tez aynan bir xil hodisa va jarayonlarni belgilashda ishlatiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda - qiyosiy pedagogika” tushunchasi O‘zbekistonda kengroq tarqalgan. Umuman olganda, qiyosiy ta’lim turli mamlakatlarda maorif, ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos jihatlarini o‘rgatuvchi pedagogikaning mustaqil tarmog‘i sanaladi. Qiyosiy ta’lim keng ma’noda dunyoning turli davlat va hududlarida ta’limning holati, qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganuvchi fan sohasi bo‘lib, xorij tajribasini qo‘llash yo‘li orqali milliy ta’lim tizimini o‘zaro boyitish usullarini ishlab chiqadi. Qiyosiy pedagogikaga yanada aniqroq ta’rif beradigan bo‘lsak, u pedagogikaning mustaqil fan sohasi sifatida dunyoning turli davlat va mamlakatlarida pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tendensiyalari, qonuniyatlari va holatini o‘zaro taqqoslab o‘rganadigan fandir. Shuningdek, u umumiy tendensiyalarning milliy va regional o‘ziga xosligining mos va farqli jihatlarini ajratib ko‘rsatadi hamda milliy ta’lim tizimini xorij tajribasi orqali o‘zaro boyitish shakl va usullarini ishlab chiqadi. “Qiyosiy pedagogika”ni tushunishga nisbatan bu yondashuvlarning har biri uning o‘ziga xos mohiyatini ochib beradi. Birinchidan, u pedagogika fanining aniq muayyan sohasi. Ikkinchidan, dunyoning turli davlat va hududlarida maorif, ta’lim, tarbiya, pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uchinchidan, qiyosiy taqqoslash darajasidagi tahlil xorij tajribasini ma’lum darajada qo‘llash uchun amalga oshiriladi. To‘rtinchidan, milliy ta’lim tizimini o‘zaro boyitishning o‘ziga xos shakl va usullari ajratib ko‘rsatiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling