So‘z boshi xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy ta’lim tizimi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta’lim
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy - siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol 8 vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb -hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy - siyosiy, huquqiy, psixologik - pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi; fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy - texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari: Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta mahsus, kasb - hunar 9 ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb - hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy harakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy - texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi; ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat - jamiyat tizimiga o‘tilishi; ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli - tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof - muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi; ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta’limning milliy yo‘naltirilganligi ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf - odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston halqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; 10 ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-tehnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi; ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat - jamiyat tizimiga o‘tilishi; ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli - tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof - muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi; ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta’limning milliy yo‘naltirilganligi ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf - odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori 11 darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Pedagogika fanlarining alohida sohasi va o‘quv predmeti sifatida qiyosiy ta’lim pedagogika va ta’lim tarixi, etnopedagogika va etnopsixologiya, didaktika, tarbiya nazariyasi, psihologiya, etnografiya, sotsiologiya, falsafa va boshqa fanlar bilan bog‘liqdir. Bir paytning o‘zida qiyosiy ta’limilmiy bilishning mustaqil sohasi bo‘lib o‘z predmeti, obyekti vazifalari va bajaradigan ishi bilan farq qiladi. Qiyosiy ta’lim uchun pedagogika tarixi, falsafa va ta’lim tarixi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan qiyosiy ta’lim kursida turli davlatlarda pedagogik fikr taraqqiyoti muammolari kengroq va kompleks o‘rganiladi. Shu bilan bir qatorda pedagogika tarixi, falsafa va ta’lim tarixi fanlari qiyosiy ta’lim mazmunini aynan takrorlamaydi. Qiyosiy pedagogikaning obyekti, vazifalari va bajaradigan ishi. Qiyosiy ta’lim pedagogika fanining bir sohasi bo‘lsa ham, (ijtimoiy pedagogika didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi fanlari kabi) o‘zining muayyan tadqiqot obyekti va predmetiga egadir. Bular, fan va o‘quv predmetining bosh masalasini aniqlab beradi. Qiyosiy ta’lim obyekti - milliy, regional va global masshtabdagi ta’lim. Qiyosiy ta’lim predmeti - xorij va O‘zbekiston pedagogik tajribasi va zamonaviy milliy pedagogik madaniyatning holati, tendensiyalari va rivojlanish qonuniyatlarini qiyosiy tahlil qilish. Qiyosiy ta’limning asosiy vazifalari: turli mamlakatlarda ta’lim rivojlanish jarayonlarini aks ettiradigan fakt va dalillarni tasvirlash va tahlil etish; turli mamlakatlardagi ta’limning rivojlanishi to‘g‘risidagi miqdor va sifat o‘zgarishlarini qiyosiy tahlil qilish, tasniflash va tizimlashtirish; turli mamlakatlardagi ta’lim rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini ochib berish; turli mamlakatlarda ta’limni rivojlantirishning yo‘llari va imkoniyatlarini prognoz qilish; xorij mamlakatlarida ta’lim yutuqlari va kamchiliklarini o‘zaro taqqoslash va qiyoslash; xorij mamlakatlari ta’lim tizimini umumiy tahlil qilish Qiyosiy ta’lim fanining bajaradigan ishi. 12 xorij tajribasini mutaxassislar tomonidan o‘rganilishi qulay bo‘lishi uchun turli mamlakatlar pedagogik hujjatlaridagi atama va tushunchalarni muvofiqlashtirish va tartibga solish; xorij va o‘zbek pedagoglari ta’lim arboblarining nazariy g‘oyalari, ta’lim siyosati ta’lim modellarini o‘zaro taqqoslash; ta’limning rivojlanish istiqbollarini prognoz qilish; ta’limni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. Qiyosiy ta’lim keng ko‘lamdagi muammolarni o‘rganadi: Turli mamlakatlardagi ta’lim nazariyasi mazmuni va tashkilotlarini gina emas, shuningdek, ta’lim metodlari, shakllari, vositalari, ta’lim muassasalari, boshqaruv, ta’lim qadriyatlari va hokazolar. Turli mamlakatlardagi ta’lim va tarbiya tizimi taraqqiyoti va amal qilish qonuniyatlarini taqqoslash, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini ajratib ko‘rsatish orqali tadqiq qiladi. Ta’lim tizimi va uning rivojlanish dinamikasini muayyan davlatning madaniy tarixiy va ijtimoiy - siyosiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, solishtiradi va qiyoslaydi. Qiyosiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari. Qiyosiy ta’limumumiy pedagogik va psixologik kategoriya va tushunchalarni qo‘llaydi: maorif, ta’lim, tarbiya, rivojlanish, ijtimoiylashuv va h.k. Komparativ tadqiqotlarning xos tushunchalariga - qiyosiy pedagogika, pedagogik komparativistika, dunyo ta’lim tizimi, milliy ta’lim tizimi, ta’limni globallashtirish, ta’limning ijtimoiy sinflari, ta’limni rivojlantirish strategiyasi, ta’limni standartlashtirish, zamonaviy xorij pedagogik tajribasi, milliy ta’lim va tarbiya tizimi, pedagogik madaniyat, ta’lim siyosati, ta’lim tendensiyalari va hokazo. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling