Talmeh ( nazar solmoq, ishora qilmoq) – she’rda mashhur qissa, mashhur bayt yoxud mashhur maqolga ishora qilish usuli. Bu san’at mumtoz adabiyotimizda keng qo’llanilgan, xususan, Bobur ruboiylarida ham ko’plab uchraydi. Misol: - Talmeh ( nazar solmoq, ishora qilmoq) – she’rda mashhur qissa, mashhur bayt yoxud mashhur maqolga ishora qilish usuli. Bu san’at mumtoz adabiyotimizda keng qo’llanilgan, xususan, Bobur ruboiylarida ham ko’plab uchraydi. Misol:
- Konglumda nechaki sayr matlub o’lsa,
- Ahbobni so’rmoq dog’I marg’ub o’lsa.
- Gar hajring imtidodi mundin o’tar,
- Qolmas manga sabr – sabri Ayub o’lsa.
- Ruboiyda mumtoz adabiyotimizda sabr timsoli sanalgan Ayub payg’ambarga ishora qilinmoqda. Lirik qahramon yor hajrida cheksiz azob-uqubatlar ni boshidan o’tkazdi, bu sitamlardan jonidan to’ydiki, endi sabrning chegarasi ko’rinib qoldi.
- Quyidagi ruboiyda esa tarixiy shaxs Sulton Mahmudga ishora qilinmoqda:
- Bo’ldim meni oshuftayu hayron mardud,
- Qilg’il madadeki, bo’ldi imkon nobud.
- Dunyo bila uqboda rujum sandadur,
- Ey ikki jahonni shahi Sulton Mahmud!
Do'stlaringiz bilan baham: |