Mubolag’a arab tilida “kattalashtirish”, “kuchraytirish” ma’nosini bildirib, adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo’rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati demakdir. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari yaqqolroq namoyon bo’ladi, o’quvchi ko’zi oldida yorqinroq gavdalanadi. Misol: - Mubolag’a arab tilida “kattalashtirish”, “kuchraytirish” ma’nosini bildirib, adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo’rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati demakdir. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari yaqqolroq namoyon bo’ladi, o’quvchi ko’zi oldida yorqinroq gavdalanadi. Misol:
- Hajringda but un ko’ngulda qayg’u erdi,
- Vaslingga yetishmadim – jihat bu erdi:
- Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidin
- Yo’l balchiq edi, kecha qorong’i erdi!
- Ruboiyning ikkinchi va to’rtinchi misralariga e’tibor qarataylik. Lirik qahramon aytmoqdaki, uning ohining tutunidan kun qorong’ bo’ldi, ko’zining yoshidan esa, yo’llar loy va balchiq bo’ldi. Bunday bo’lishi mumkinligi gumon albatta. Baytdagi mubolag’a ma’noni judayam kuchaytirgan.
- Hajringda ne qon qoldiki, yutmaydurmen?!
- Ko’z yoshini bir lahza qurutmaydurmen.
- Diydoringning haqini, ey yuzi quyosh,
- Tengri haqi, bir zarra unutmaydurmen.
- Bu ruboiyda mubolag’a qo’llangan bo’lib, unda shoir aytmoqchi bo’lgan holat shuki, yor hajrida bir dam bo’lsin uning ko’z yoshlari qurigani yo’q. Bu oshiqning iztirobli holatinin yanada chuqurroq, bo’rttiribroq ifodalagan.
- Nomangki, tirikligim nishone erdi,
- Har satri hayotu jovidoni erdi.
- Har lafzida oshkor yuz harfu vafo,
- Har harfidin yuz mehri nihoniy erdi.
- Bu ruboiyda yordan kelgan noma oshiqning tirikligi, hayotiga mengzaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |