So’z tukumlarida so’z yasalishi
Sifat va ravish yasalishi
Download 30.23 Kb.
|
so\'z yasalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIFAT Prеdmеtlarning bеlgi-xususiyati (rangi, hajmi, shakli, mazasi, xaraktеri, holati, vazni, hidi, o‘rin yoki vaqtga munosabati)ni ifodalaydigan so‘zlar turkumi sifat
Sifat va ravish yasalishi
Sifatlar predmetning belgisini bildiradi. Ularning bir qator ma’no guruhlari bor. Yasama sifatlar affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan yasaladi. Affiksatsiya usuli bilan sifay yasalishi quyidagicha : Egalik belgisi ifodalovchi SYa: -li, -kor, -dor, ser-, -chan, ba-, bo-, -mand, -kash, -chi : suvli, zulmkor, unumdor, sermeva, uyatchan, badavlat, boodob, davlatmand, hazilkash, vahimachi. Ega emaslik belgisini ifodalovchi SYalar: -siz, no-, be-, g’ayri-: suvsiz, nomunosib, beg’am, g’ayriilmiy Nisbiy belgi ifodalovchi SYa: -lik, -gi, -iy, -viy, -ma, -simon, -q, -oq, -qi, -qoq, -kin, -ch, -gir : Shaharlik, kuzgi, devoriy, tarbiyaviy, to’qima, naysimon, iliq, qochoq, sayroqi, tirishqoq, tushkin, tinch, sezgir. Sifatlar otdan va fe’ldan yasovchi qo’shimchalar bilan yasaladi. Binobarin, sifatyasovchilarni quyidagi gurhlarga ajratamiz: Otdan sifatyasovchi affikslar: li, -gi(-ki, -qi), -siz, -iy, -viy, -chan, ser-, ba-, bo-, be-, -simon, -dor, -kor, -cha, -mand, -don, -kash, bad-, -bop, xush-, -in, -chil, -lik, -namo, -parvar. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar: -choq, -chak, -gir, -ma, -k, -q, -oq, -qi, -qoq, -kin, -g’in, -ch, -g’ich . Sifatlar kompozitsiya usuli bilan ham yasaladi. Qo’shma sifatlar quyidagi tartibda namoyon bo’ladi: Ot-ot: bodomqovoq, sheryurak; Sifat-ot: qimmatbaho; Sifat+sifat: xomsemiz; Ravish+fe’l: tezoqar,ertapishar; Ot+-aro, umum, yarim, : xalqaro, umumjahon, yarimavtomat Ravishlar ham yasaladi. Bu turkumga oid so’zlar affiksatsiya usuli bilan yasaladi. Quyidagi affikslar yordamida ravishlar yasaladi:: -cha, -larcha, -chasiga, -lab, -ona, -an,-namo, -ligicha: mardlarcha, qisqacha, dehqonchasiga, koplab, do’stona, taxminan, uyalgannamo, xomligicha. Kompozitsiya usuli bilan ravishlar quyidagicha hosil qilinadi: 1. U yoqqa, bu yerda; 2. Har vaqt, hech mahal, bir zamon; 3. Allamahal, allavaqt. SIFAT Prеdmеtlarning bеlgi-xususiyati (rangi, hajmi, shakli, mazasi, xaraktеri, holati, vazni, hidi, o‘rin yoki vaqtga munosabati)ni ifodalaydigan so‘zlar turkumi sifat dеyiladi. Sifatlar ot yoki fе’lga bog‘lanib qanday?, qanaqa?, qaysi?, qachongi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi: yashil qalam, mitti yulduz, kunbotar tomon, kuzgi tufli, afsonaviy qush, tajang odam, yaxshi o‘qimoq, chiroyli yozmoq. Sifatlar gapda aniqlovchi, kеsim, hol bo‘lib kеladi: Uning moviy ko‘zlari onasi- Safurani eslatib turardi (F.Azimova). Non aziz, uning ushog‘i ham aziz (Maqol). Chaqmoq tеlpagini qiyshiq qo‘ndirib olgan (O‘.Hoshimov). Sifatlar otlashganda ko‘plik, egalik, kеlishik qo‘shimchalarini qabul qiladi va otning so‘roqlariga javob bo‘ladi, ot kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan, ega: Egri ozadi, to‘g‘ri o‘zadi (Maqol); to‘ldiruvchi: Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q (Maqol); qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so‘zi-- qaymoq, yomonning so‘zi-- to‘qmoq (Maqol). 1. Saxiyning ehsoniga baxilning boshi og‘rir (Maqol). 2. Axir inson bolasi baliq emaski, zo‘ravoni ojizini yutib, hayot kеchirsa! (Shuhrat) 3. Yaxshigayam, yomongayam birdеk yaxshi ko‘rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir (O‘.Hoshimov). 4. Odamlar «bozor munosabati»ni baliqdan o‘rgangan. Kattasi kichigini yeyavеradi (O‘.Hoshimov). 5. Hеch kimga hasad qilma. Hasadgo‘y hеch nimaga erisholmaydi (O‘.Hoshimov). 6. Baxilning bog‘i ko‘karmas (Maqol). 7. Yalqov bilan anqov – dushman uchun ov (Maqol). 8. Aqlli o‘z fikrini o‘zgartiradi, axmoq hеch qachon (maqol). 9. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz - do‘stini (Maqol). 10 Baxil baxilni ko‘rganda saxiyligi tutadi (Maqol). Download 30.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling