So'z turkumlari haqida ma’lumot


Download 87.5 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi87.5 Kb.
#1478442
1   2   3   4   5
Bog'liq
So\'z turkumlari haqida ma\'lumot

Otning ma'no turlari


Otlar ma'novagrammatik xnsusiyatlarigako'raikkixil: atoqli otlar, turdosh otlar. Predmet, narsa-hodisalarga atab qo'yilgan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar bir turdagi predmet, narsa-hodisalardan birini ajratib ko'rsatadi.
Atoqli otlarga quyidagilar kiradi. 1. Kishi ismlari va fami-liyalar: O'tkir, Shokir, Nafisa, Fotima. 2. Geografik nomlar: Toshkent, Farg'ona, Pomir, Sharq , G'arb kabi. S.Daryo, dengiz, ko'l nomlari (gidronimlar): Amudaryo, Orol dengizi, Sevan ko'li. 4. Afsonaviy, hamda diniy tasawurlar bilan bog'liq bo'lgan nomlar (teonimlar): To'maris Shiroq, Kayumars, Iso, Muso, Zulfiqor (qilich), Duldul kabi. 5. Osmonjismlari nomlari (astraponimlar): Zuhro, Hulkar, Mirrix, Mars, Yetti qaroqchi.
6. Alioli yashaydigan kichik joy nomlari (oykonimlar, ko'chalar. bekat nomlari, (dramonimlar), tepaliklar, chuqurliklar. qir nomlari (oronimlar), uy hayvonlari va qushlarga atab qo'yilgan nomlar (zoonimlar), jurnal, badiiy asar nomlari, oliy organ va tashkilotlar, orden va medallar nomlari atoqli otlardir.
Atoqli otlar o'zbektili lug'at tarkibini boyituvchi manbalardan biri bo'lib, tilda awaldan mavjud bo'lgan so'zlar asosida hosil bo'ladi. Biroq atoqli otlar o"z xususiyati va yozilishiga ko'ra tildagi boshqa so'zlardan farqlanadi.
Atoqli otlarni turdosh otlardan farqlovchi muhim belgilardan biri ko'plik shakllarida ishlatilmasligidir.
Tilda mavjud otlaming katta qismini turdosh otlar tashkil etadi .Bir *turdagi predmet, narsa -hodisalarning umumiy nomini bildiradigan otlar turdosh otlar deyiladi. Masalan, yulduz, daraxt, tepa, ko'I, daryo, qir, ko'cha, shahar, odarn kabi.
Turdosh otlar birlik va ko'plik shakllarida ishlatiladi. Bir xildagi predmetlarni ifodalash asosida atoqli otlar turdosh otlarga o'tadi. Masalan, rentgen, amper, muslimka (bug'doy nomi), shuningdek, yakka predmetlarni ajratib ko'rsatish asosida turgan otlar atoqli otlarga aylanadi. Masalan, o'ktam (epchil). O'ktam—ism, lola (gul), Lola— ism, gulchehra (gul yuzli),Gulchehraism kabi.
Turdosh otlar ifodalaydigan rushunchasining xususiyatiga ko'ra ikki xil: aniq otlar va mavhum otlarga bo'linadi .
Aniq otlar shaxsni, predmetni anglatadi.Aniq otlarni ko'rish, sanash va ushlash mumkin: uy, odam, eshik, tikuvchi, suvchi, kitob, tosh kabi.
Mavhum tushunchalar,belgilar va holatni predmet sifatida anglatadigan otlar mavhum otlar deyiladi: shodlik, baxt, zavq, shavq, ishonch, go'zallik kabi. Mavhum otlar asosan birlik shaklda qo'llaniladi,ko'plikda qo'llanilganda bunday otlaming ma'nosi nisbatan mavhumlik darajasini yo'qotadi. Masalan, tuyg'ular, ishonchlar, shodliklar kabi. Faqat so'nggi paytlarda uning dilida hatto o'zi cho'chiydigan noaniq ,mavhumroq allaqanday notinch tuyg'ular uyg'onib halovati )7o'qoldi.(O.Yo.)
Mavhum otlar tub va yasama shaklarda ham mavhumlikni ifodalayadi. Biroq tub va yasama so'zlarda mavhumlik darajasi bir xilda bo'Irnaydi. Binobarin, tub holda mavhum ma'no ifodalovclii so'zlardamavhumlik darajasi nisbatan past. Chunki, bunday otlanii aniq otlar singari sanash, ko'rish mumkin bo'lmasa-da, ularning manosida aniqlik mavjudligini sezish mumkin.
Masalan, kurash, sevgi, baxt, zavq kabi mavhum otlaming ma'nosi nisbatan aniq. Bunday otlar ko'plik sonda ham qo'llanilishi mumkin: kurashlar, zavqlar kabi.
Turdosh otlar birlik shaklda predmetlaming to'dasini yoki yakka predmetlarni anglatadi. Shunga ko'ra turdosh otlar ikkiga bo'linadi: yakka otlar, jamlovchi otlar.
Bir turdagi predmetlardan birini ajratib ifodalaydigan otlar yakka otlar deyiladi: daftar, qalam, soat, eshik kabi.Shaldanbirlikdabo'lib, mazmunan ko'plikni bildiradigan otlar jamlovchi otlar deyiladi. Masalan, el, olomon, to'da, poda, armiya, xalq kabi.

Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling