So‘z yasalishi so‘z yasalish tarkibi 4 1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili”


Download 428.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana22.01.2023
Hajmi428.13 Kb.
#1109271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
So\'z yasalishi amall.mashg\'ulot

Qo‘shimcha ifodalagan ma’no
Misol
Yasash asosidan anglashilgan narsaga egalik, о ‘sha 
narsaning borligi, mavjudligi
Yasash asosidan anglashilgan narsaning odatdagidan 
ко ‘га ко ‘pligi, mo ‘lligi, ortiqligi
Mavhum otlarga qo ‘shilib, narsaning odatdagidan ко 'ra 
ко ‘pligi, mo 'lligi, ortiqligi
Yasash asosi f e ’lning sifatdosh shaklidan b o ‘lib, 
narsaning undan 
anglashilgan 
harakat-belgi, 
holat- 
xususiyatga ega ekanligi
Yasash asosi f e ’lning harakat nomi shaklidan b o ‘lib, 
narsa-buyumning biror ish uchun yaroqli ekanligi, o'sha 
harakat uchun moslanganligi
2- 
amaliy ish. Berilgan matndan yasama sifatlami topib, tahlil qiling. 
Tarixiy yasalmalaming hozirgi shaklini tiklang.
Bu ikki kishining bittasi gavdaga kichik, yuzga to ’la, ozroqqina soqol- 
murtlik, yigirma besh yoshlar chamaliq bir yigit bo ‘lib, Marg ‘ilonning 
boylaridan Ziyo shohichi deganning Rahmat otliq o ‘g ‘lidir, ikkinchisi: 
uzun bo ‘ylik, qora cho ‘tir yuzlik, chag ‘ir ко ‘zlik, chuvoq soqol, о ‘ttuz besh 
yoshlarda b o ‘lg ‘an ko'rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig'ina 
davlatmand b o ‘Isa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan 
bo ‘Imay, «Homid xotinboz» deb shuhratlangan, kishilar Homid orqasidan 
s o ’zlashkanda uning otig‘a taqilg‘an laqabni q o ‘shib aytmasalar, yolg'iz
26


«Homidboy» deyish ila uni tanita olmaydirlar. Homidning Otabek bilan 
tanishlig'i bo'lmasa ham Rahmatka yaqin qarindosh - Ziyo shohichining 
qaynisi, Rahmatning tog ‘asi.
Ular hujraga kelib kirdilar. Otabek kelguchilarni ulug ‘lab qarshiladi.
— Bizni kechirasiz, bek aka, — deb Rahmat uzr aytdi, — vaqtsiz kelib 
sizni tinchsizladik.
Otabek ularga yuqoridan jo y ко ‘rsatar ekan, yoqimliq bir vaziyatda:
- Tinchsizlamadingizlar, b il’aks quvontirdingizlar, - dedi, -  
shahringizga birinchi martaba kelishim b o ‘lg ‘ani uchun tanishsizliq, 
yolg ‘izliq meni juda zeriktirgan edi.
Shu orada hujraga bir chol kirib ul ham mehmonlar bilan so ‘rashib 
chiqdi. Bu chol Hasanali otliq bo 'lib, oltmish yoshlar chamasida, cho ‘ziq 
yuzlik, do ‘nggiroq peshonalik, sariqqa moyil, to ‘garak qora ко ‘zlik, oppoq 
uzun soqollik edi. Soqolining oqlig'iga qaramasdan uning qaddida 
keksalik alomatlari sezilmas va tusida ham uncha о ‘zgarish yo ‘q edi.
(A.Qodiriy)

Download 428.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling