So‘z yasalishi so‘z yasalish tarkibi 4 1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili”
Download 428.13 Kb. Pdf ko'rish
|
So\'z yasalishi amall.mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-amaliy ish.
Ravish yasalishi
1-amaliy ish. Berilgan so‘z yasash modellari asosida ravishlar hosil qiling. Ravishlaming yasalish modellari haqida ilmiy axborot yozing. [ot + -cha = ravish], [sifat + -larcha = ravish], [sifat + -cha - ravish], [ot + -chasiga = ravish], [ot + -dek = ravish], [sifat + -ona = ravish], [sifat + -lay - ravish], [son + -dan = ravish]. 2-amaliy ish. Matnda qo‘llangan ravishlami toping. Qo‘shma ravishlaming yasalish modeliga izoh bering. Abdukarim do'stinikidagi ziyofatni bir muncha behalovatlik ichida o'tkazdi. Garchi uni do'stlari har yoqdan o'rab olgan b o ‘lsalar-da, ко ‘nglidagi yashirin fikrlar uni bu davraga begona qilib turgan edi. Bir mahal Shokirjonning qo'qqisdan yelkasiga q o ‘l tashlab baland ovozda unga so ‘z berishi uni mug ‘ambirona jilmayishga va yaxshilab gapirishga undadi. Zero, bir zamonlar и davralarning ,,guli“ edi, hech kimga s o ‘z bermay, nuqtadonlik qilardi. Biroq hozir и quruqdan-quruq arava olib 28 qocha olmasdi. Axir bu qadrdoni, eng yaqin do ‘stining tug ‘ilgan kuni. U biroz ikkilanib turdi-da, mardona so ‘z boshladi. * 3-amaliy ish. Slayd markazida berilgan yasovchi qo‘shimcha yordamida ravishlar hosil qiling va bo‘sh kataklami to‘ldiring. ILP 4-amaliy ish. Rasm asosida kundan kunga, bir tekis, istagancha, bolalarcha, uzundan uzoq, ertalab, shoirona, ruhan kabi yasama ravishlar ishtirokida matn tuzing. Matnda uchragan barcha yasama so‘zlaming yasalish modellarini belgilang. Fe’l yasalishi 1-amaliy ish. Matnda qo‘llangan yasama fe’llami toping. Fe’llaming yasalish modellarini belgilang. 29 “Shodiya!” Beshtagina hatfdan tuzilgan oddiy bir tovushning bu qadar nafis bo'lishidan endigina o'n yetti yoshga to'layotgan yigit hayratga tushadi. Nainki hayratlanar, bu tovush uning qulog ‘iga muloyim eshitilar va и hayajonlanib takrorlardi: «Shodiya, Shodiya». Har safar uning ismini tilga olganda yigitning ко z oldida qizning betakror go ‘zal siymosi namoyon bo ‘lardi. Xayollari cheksiz ufq sari quloch yozib, yigit qalbi o ‘sha yoqlarda, nom a’lum vodiyda qizning qalbini axtarardi. Qiz benihoya maftunkor va shu qadar jozibador ediki, uning haqida о ‘ylashning о 'zi Mohirning xayoliga qanot baxsh etar, ко ‘z о ‘ngida ulkan va porloq lavhalarpaydo qilardi. (V.Ismoilov. “Zulmat ortidan tong”) 2-amaliy ish. Fe’l yasovchi -la qo‘shimchasining ma’noviy qirralarini ochib beruvchi misollar topib, jadvalni to‘ldiring. Download 428.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling