- .Yasama so‘zlar tarkibi. Nutqda so‘zlar tub va yasama shaklda qo‘llaniladi. So‘zning yasovchi qismlarga ega bo‘lmagan qismi tub so‘z deyiladi: gul, inson, meva, nozik, bordi, tez. Tub so‘zlar shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qabul qilganda ham o‘zining tubligini saqlaydi. Masalan, uycha, kattaroq, beshinchi, ko‘rindi, bog‘dan, do‘stlarim kabilar ham tub so‘zlardir.
- Tilda mavjud bo‘lgan biror usul asosida hosil qilingan yangi so‘z yasama so‘z deyiladi: gulla, mevali, bog‘bon, qaror qilmoq, ish boshi, asalari, BMT.
Ba’zi sodda yasama so‘zlarning yasalishi tarixiy va zamonaviyligi bilan ham farqlanadi. Chunki yasama so‘zning tarixiy shaklida zamonaviy yasalmaga nisbatan asos va qo‘shimcha o‘rtasidagi munosabatni ilg‘ab olish qiyin kechadi yoki so‘zdagi ma’noli qismlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Shu bois qattiq, silliq, suyuq, emakla, quloqchin kabi tarixiy yasalishga ega so‘zlar hozirgi til nuqtai nazaridan - Ba’zi sodda yasama so‘zlarning yasalishi tarixiy va zamonaviyligi bilan ham farqlanadi. Chunki yasama so‘zning tarixiy shaklida zamonaviy yasalmaga nisbatan asos va qo‘shimcha o‘rtasidagi munosabatni ilg‘ab olish qiyin kechadi yoki so‘zdagi ma’noli qismlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Shu bois qattiq, silliq, suyuq, emakla, quloqchin kabi tarixiy yasalishga ega so‘zlar hozirgi til nuqtai nazaridan
- tub so‘z hisoblanadi.
- Tarkibli yasama so‘zlarda ikki yoki undan ortiq mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan yasovchi asos ishtirok etadi. Masalan: tosh+ko‘mir, jigar+rang, erta+pishar, BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AYOQSH (Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi) kabilar. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq ma’noli qism ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi.
So‘z yasash usullari. - O‘zbek tilida so‘z yasalishining semantik, fonetik, abbreviatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya kabi usullari mavjud. Bu usullar davriy nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tarixiy (diaxron) uasalish: semantik, fonetik, abbreviatsiya, kompozitsiya usullari; 2) zamonaviy (sinxron) uasalish: affiksatsiya kabilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |