So‘z yasalishi


Download 55.39 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi55.39 Kb.
#1396787
1   2   3
Bog'liq
11-mavzu;So‘z yasalishi

Semantik usul.

  • So‘zning bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chi-shi asosida yangi so‘z yasalishidir. Masalan, sifatning otga ko‘chishi asosida: ko‘k (osmon ma’nosida), erkak, chol, kampir; sodda va juft fe’lning otga ko‘chishi asosida: kurash, kengash, urush, keldi-ketdi, bordi-keldi, qo‘ydi-chiqdi, yurish-turish, yozuv-chizuv; sonning ravish-ga ko‘chishi asosida: birga(ketmoq), birdan (kirmoq); otning ravishga ko‘chishi asosida: kunduzi, kechasi (qaytmoq), boshda (sezmoq) kabilar shular jumlasidandir. Semantik usul asosida yasalgan so‘zning lug‘aviy ma’nosi yangilanishi bilan bir qatorda uning grammatik ma’no va vazifasi ham o‘zgaradi. Qiyoslang: Mushuk tavadagi go‘shtni oldi-qochdi (fe’l). Oldi-qochdi gaplar hammaning joniga tekkan (sifat).

Fonetik usul.

  • So‘z tarkibida yuzaga keladigan fonetik o‘zgarishlar asosida yangi ma’noli so‘z yasalishidir. Bu usul orqali so‘z yasalishida ikki xil fonetik o‘zgarish natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: 1) tilning tarixiy taraqqiyoti davomida so‘z tarkibida tovush o‘zgarishi natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: ko‘r-ko‘z, bo‘y(doq)-bo‘z, bo‘r-bo‘z; 2) so‘z urg‘usining o‘rni o‘zgartirilishi bilan : yangi΄-ya΄ngi (hozir), endi΄-e΄ndi (hozirgina), ho΄zir-hozi΄r.

Abbreviatsiya usuli.

  • Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yangi so‘z yasalishidir. Masalan, elektron hisoblash mashinasi-EHM, Birlashgan Millatlar Tashkiloti-BMT.
  • Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtirilgan holda ishlatiladi: YUNESKO, NATO kabilar shular jumlasidandir. So‘z yasalishining bu usuli o‘zbek tilida rus va boshqa xorijiy tillar ta’sirida o‘tgan asrning boshlarida shakllangan bo‘lib, faqat qisqartma otlar yasalishida ishlatiladi.

Affiksatsiya usuli.

  • Bu usul bilan o‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Masalan: o‘r+oq, dars+lik, sez+gir, o‘zbek+cha, tor+ay(moq), mard+ona.
  • So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi ort qo‘shimchalar. O‘zbek tilida so‘z yasalishning asosini tashkil qiluvchi bunday qo‘shimchalar o‘zak-dan keyin qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi. Masalan: o‘t+loq, chiri+k, tosh+qin, ish+chan, arra+la kabilar; b) so‘z yasovchi old qo‘shimchalar o‘zak oldidan qo‘shilib yangi so‘z yasaydi. Masalan: be+tinim, no+to‘g‘ri, ba+ma’ni, ser+harakat, anti+demokratiya. old yasovchi qo‘shimchalar asosan sifat yasovchilar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fors-tojik tilidan kirib kelgan.

Download 55.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling