So‘zidan olingan bo‘lib


Download 17.21 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi17.21 Kb.
#1062369
1   2   3   4
Bog'liq
qayta topshirish ishi

Aytgali achchiq azobing bo'lsa dildosh yaxshidir,
So'z demay o'tli alamni joningga solg'on yomon.

Jonga solg'on ham na sozdir, elga so'ylab men kabi
Shoiri devonai ishq nomini olg'on yomon.

Gar qilich kelsa boshingga, qo'rqma, Erkin, rostni ayt,
Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg'on yomon.

Ushbu she’rda keltirilgan achchiq haqiqat, shirin yolg'on, achchiq azob, o'tli alam kabi birikmalar sinestezik metaforalarni hosil qilgan va she’r ta’sir kuchining yanada oshishiga xizmat qilgan.
Bahrom Ismoilzodaning “Shirin va armonli kunlar” nomli qissasida ham sinestezik metaforalar qo‘llangan. Masalan,
“…Mubinaxonning shirin suhbatini olganimdan keyin hayolim yana Malikaga ketdi…”.
“…Malika bilan o‘tkazgan shirin kunlarimning oz bo‘lganligi uchun qolgan armon shu gulxanni o‘chib qolishiga yo‘l qo‘ymasdi...”.
...Mashinada Mubinaxonning shiringina gaplarini esladim…”.
“…Fotima ona judayam yaxshi ayol ekanlar, hokisor, shirin so‘z…”.
“…Sen mening tark etmas shirin hayolim
Javobi topilmas mangu savolim…”.
Keltirilgan parchalarda qo‘llangan shirin suhbat, shirin kun, shiringina gaplar, shirin so‘z, shirin hayolim kabi birikmalar sinestezik metaforalarni hosil qilgan va badiiy asardagi emotsionallikni ta’minlashga xizmat qilgan.
Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanidan olingan quyidagi parchalarda ham sinezteziyaning matnda aks etganini ko‘rishimiz mumkin:
“…Shunday o‘rtoqning shunday shirin muomalalari oldida shunday teskari, shunday o‘jar va qaysar otaning borligi ham unutilgan emasmidi?...”
“…Yaxshi emas, shunday zim-ziyo qorong‘ida... Gaplashib ketaylik... Shirin-shirin gaplardan... Aravakash uning so‘zini ilib oldi:

Download 17.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling