Operatsion tizimlarning jarayonini rejalashtirish algoritmlari
Kirish
1.1.Jarayon holati
1.2.Jarayonlar ustidagi amallar
1.3.Jarayonlarni rejalashtirish
1.4.Rejalashtirish ko`rsatkichlari va algoritmlari.
Foydalanilgan adabiyotlar
Xulosa
Kirish
Operatsion tizimlarning ishini o`rganishda asosiy tushunchalardan biri bo`lib,
ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar
sifatida olinadigan
jarayonlar xisoblanadi.
Jarayon tushunchasi.
OT tushunchasini qarab o`tganimizda, biz Ko`pincha “dastur” va “to`shiriq”
so`zlarini Ko`p ishlatdik. Masalan, xisoblash tizimi bitta yoki bir nechta dasturni
bajaradi, OT to`shiriqni rejalashtiradi, dasturlar ma’lumotlar almashadi va xokazo.
Biz bu so`zlarni umumiy xolda ishlatdik va siz xar bir
aniq xolda nimani
tushunayatganingizni taxminan tasavvur qilar edik. Ammo bir xil so`zlar xar xil
xolatda masalan, xisoblash tizimi ishlov bermaydigan statik xolatdagi ob’ektlarni
xam (masalan, diskdagi fayllar) va ijro jarayonidagi bo`lgan dinamik xolatdagi
ob’ektlarni xam bildirar edi. Bu xolat OT lar umumiy xossalari to`g`risida
gapirganimizda, ya’ni uning ichki qurilmalari va o`zini tutishiga e’tibor
berilmagan
xolatda mumkin edi. Ammo endi zamonaviy kompyuter tizimlari ishini
detallashgan xolda o`rganganimizda biz amallarni(terminologiyani)
aniqlashttirishimizga to`g`ri keladi.
“Dastur ” va “to`shiriq”
terminallari statik, faol bo`lmagan(neaktivniy) ob’ektlarni
tavsiflash uchun ishlatiladi. Dastur esa, bajarilish jarayonida dinamik, faol
ob’ektga aylanadi. Uning ishlashi borasida kompyuter turli komandalarga ishlov
beradi va o`zgaruvchilar qiymatlarini o`zgartiradi. Dastur
bajarilishi uchun, OT