To`liq foydalanish vaqtining qisqarishi(turn aroid time) –jarayonni starti
yoki to`shiriqni yuklashga navbat qo`yishi va
uni tugallashi orasidagi
minimal vaqtni ta’minlash.
Kutish vaqtini qisqartirish –jarayonlarning tayyor
xolati va yuklashga
navbatni berish vaqtini qisqartirish.
Javob berish vaqtini qisqartirish –jarayonning interaktiv tizimlarda
foydalanuvchi so`roviga javob berish uchun kerak vaqtini minimallashtirish.
Rejalashtirishning qo`yilgan maqsadlariga bog`liq bo`lmagan xolda, algoritmlar
quyidagi xossalarga ega bo`lishi kerak.
Aniq bo`lishi kerak, masalan, bitta to`shiriq xar doim bir
xil vaqda bajarilishi
zarur.
Minimal xarajatlar bilan bog`liq bo`lishi kerak. Masalan, protsessorning xar
bir
yuz millisekundiga, jarayon o`zining bajarilishiga qaysi protsessorni
olishi mumkinligini aniqlash uchun 200 millisekund kerak bo`lsa, bunday
algoritmni qo`llash maqsadga muvofiq emas.
Xisoblash tizimi resurslarini bir
xil taqsimlash zarur, bunda kam
foydalaniladigan resurslarni band qiladigan jarayonlarga
imtiyoz berish
kerak.
Masshtablashtirish xossasiga ega bo`lish, ya’ni yuklama
oshganda
ishlovchanlik qobiliyatini yo`qotmaslik.
Yuqorida keltirilgan maqsad va xossalar bir –biriga qarama –qarshidir. Algoritmni
bir kriterist(ko`rsatgich) nuqtasi nazaridan yaxshilasak, ikkinchisi nuqtai –
nazaridan xolat yomon tomonga o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: