So’zlarning leksik ma’nosi Omonim, sinonim, antonim
Download 73.5 Kb.
|
Badiiy asar tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buzilgan so’z – jargon yoki argo
- Kasb-hunarga oid o’zlar – Professionalizm
- Sheva so’z – dialektika
Yaxshi bilaman.
hammasini ochen-ochen Yaxshi ko’raman. Qizlar esa kimni sevar? Voobщye neznayu. Birortasini kamon bilan Otib ko’zlayu Bu dunyoda ves yaxshilik Qizlarga bo’lsin. Menga o’xshab har yigit Shoir bo’p ketsin.” 7. Buzilgan so’z – jargon yoki argo (fr. Jargon-buzilgan til)lar, ayni paytda, abdal tili-sun’iy til bo’lib, ma’lum guruh kishilarigagina tushunarli bo’ladi. Talabalar orasida ishlatiladigan “o’tdi, o’tmadi, yiqildi, tildan dumi bor, tankasi zo’r, ko’kidan oladi” kabi so’z va iboralarning haqiqiy ma’nosini boshqa guruh odamlari (dehqonlar, bazzozlar, savdogarlar) tushunmaydi. “ - hye, vahima qilaverma, yo’li ko’p. “... changalda sho’rva” degan gap bor. Mana bizning filologiyamizda besh marta qayta-qayta imtihon qilishdi. Oxiri “3” qo’yib berishdi-yu, ular ham, “tanka”miz ham, o’zimiz ham tinchidik. Sen meni topibsanmi, “tankamiz” dumni yo’qotish yo’lini topadi. Zo’r odam, kallasiyam juda ishlaydi-dah - Dugon, o’sha “tankang”ga boraylik. Mengayam yordam qilsang, o’lib qolmasman... sengayam ko’kidan bor. - Yur, qani o’quv bo’limiga boraylik-chih”1 Ushbu hangomada ham ikki talaba dialogi orqali ilm topguncha, “tanka” (“baho”ni qo’ydirib beruvchi)ni izlovchilar ustidan kulingan... 8. Kasb-hunarga oid o’zlar – Professionalizm(rus.-biror kasbga oid)lar asarda tasvirlanayotgan qahramonning kasbini, ish hunarini ifodalaydigan so’z va so’z birikmalarining jamidir. har bir kasb-hunarning o’ziga xos atamalari bo’lishi tabiiydir. Jumladan, futbol o’yini bilan bog’liq(himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi, darvozabon, jarima, final kabi), o’qituvchilik bilan bog’liq(daftar, qalam, qog’oz, baho, test, nazorat, joriy nazorat, kafedra, dekanat, rektorat, o’quv bo’limi, stipendiya, talaba kabi) so’zlar borki, ularni muayyan qahramon nomidan ishlatish shu qahramon kasbi-hunarini aniqlashtiradi, demakki, qahramonni yaxlitlashtirishda qo’l keladi: “Bir necha kun shu yo’sin ikkilanib yurg’ach, nihoyat o’zimga tushunilmagan bir savq(yo’nalish) ostida va’damni ifoga ham boshlabman, bir kiyim shohi, deb o’ttuz kiyim bo’laturg’an ipakni bo’yash, tanda, arqoq, go’la mashaqqatlari ko’zimga ko’rinmabdir. Va’damni ikki kun ilgariyoq shohini to’qib, uning kelar yo’lini poylar edim, ul kelmas edi...”1 Usta Alimning ushbu hikoyasi(nutqi)dan biz uning shohi to’quvchi usta ekanligini uning ishqi Saodatga tushganini bilib olamiz. 9. Sheva so’z – dialektika(mahalliy so’zlar) muayyan bir xududda yashovchi kishilarga, ularning shevasiga xos bo’lgan, adabiy tilga mansub bo’lmagan so’z va iboralardir... Jumladan, Xorazm shevasida “gashir”(“sabzi”), “yo’mirta”(“tuxum”), “galingiz”(“kelingiz”) kabi so’zlar ko’p uchraydi. Sheva so’zlar-asar qahramonlari tilida me’yorida ishlatilsa, ularning manzil-makonlarini va nutqini o’ziga xosligini to’liq ochib beradi. Bunday mahorat Asqad Muxtorning “Tug’ilish” romanidagi Xoldor obrazini yaratishda yaqqol ko’zga tashlanadi: “ - Sariyev Juman? Slesar Xoldor Jo - Jo... - Shatta Jonsug’urov pamilam. Amolaykim kasbim ko’p. Uchtasinila aytay. Avval do’kon mudiri o’g’onman, innay iskaladda zavdish, ekspiditr...” Download 73.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling