So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari


Download 30.54 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi30.54 Kb.
#1340169
  1   2
Bog'liq
So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari-fayllar.org


SO’ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO’RA TURLARI

Reja:

  1. Kirish

  2. Omonimlar

  3. Sinonim so’zlar

  4. Antonim so’zlar






Kirish

Tildagi so’zlarning ma’lum qismi shakl yoki ma’nosiga ko’ra o’zaro aloqador butunlikni tashkil etadi. Bunday butunliklardagi so’zlar ana shunday xususiyatlarga ko’ra 2 guruhni tashkil qiladi:

1)omonimlar, omonshakllar, omofonlar, omograflar,va paronimlar shakliga ko’ra

2)Sinonimlar, antonimlar esa o’zaro mazmun uzviyligi yoki zidligiga ko’ra alohida guruhga mansub bo’ladi

Omonimlar

Yunoncha ,,homos..-bir xil,,,onomo..-nom so’zlaridan olingan bo’lib, talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo alohida ma’nolarga ega bo’lgan so’zlardir

Omonim so’zlar

Chang-cholg’u asbobi

Chang – gard


Omonimlar (shakldosh so’zlar) - aytilishi va yozilishi bir xil, ammo atash (leksik) ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar.
Misollar: aralash –1) fe`l ,qorishmoq
2) sifat, qorishiq
ari - 1) ot , hasharot
2) fe`l , tugamoq
istak - 1) ot, xohish
2) ot, tok novdalarini bog`lash uchun chiviq
ich – 1) ot, ora, ichkari
2) ichmoq fe`li,
Omonimlar bir yoki bir nechta so’z turkumi doirasida yuz berishi mumkin. Bir turkum doirasidagi omonimlik, asosan, ot va fe’llarda ro’y beradi. Bunday omonimlarga garmmatik qo’shimchalar qo'shilganda ham o’z omonimligini saqlab qoladi.
M: yosh – ko’z yoshi (ot)
 yosh – umr o’lchovi (ot) bir turkum doirasidagi omonimlik
och – sifat
och – fe’l ikki xil so’z turkumi doirasidagi omonimlik
oshiq – ot
oshiq – fe’l
oshiq – sifat uch xil so’z turkumi doirasidagi omonimlik

Eslab qoling. Omonimlar va ko’p ma’noli so’zlarni o’zaro farqlash lozim:
1-farq:
Ko’p ma’noli so’zlar qancha ma’noga ega bo’lmasin, bu ma’nolar o’zaro bog’langan bo’ladi. M: odamning beli – uyquning beli. Ikkinchi birikmada bel ko’chma ma’noda. Odatda, xalqimizda uyqu o’rtasidan bo’linsa, “uyquning beliga tepdi” iborasi qo’llaniladi. Demak, bu yerda ma’no ko’chishi sodir bo’ldi va bel so’zi ko’p ma’noli so’zga aylandi. Bu ikkita birikmadagi bel so’zlarining ma’nosida bog’liklik bor ekan.
Omonimlar boshqa-boshqa so’zlar bo’lganligi uchun ular o’rtasida ma’no
bog’likligi bo’lmaydi.
M: I. bel –inson tana a’zosi
II. bel – xo’jalik buyumi (belkurak)
2-farq: ko’p ma’noli so’zlar hamisha bir turkumda bo’ladi, ya’ni birorta
so’zning asosiy, bosh ma’nosi bilan ko’chma ma’nodagisi bir tukumga mansub. Chunki,
ko’p ma’noli so’zlarda so’z bitta, uning ma’nosi bir nechta bo’ladi. Omonimlar esa bir turkumda bo’lishi ham mumkin, boshqa-boshqa turkumlarda bo’lishi ham mumkin. Chunki ular shakli o’xshash ikki va undan ortiq so’zlardir.
M: soch (ot) – soch (fe’l) ma’no bog’likligi yo’q (omonim)
yoqa (ot) – ko’ylak yoqasi; yoqa(ot) – yo’l yoqasi – umumiy ma’no bo’glikligi mavjud (ko’p ma’noli)
Eslatama: Ko’p ma’noli so’zlar ma’nolari o’rtasida aloqa uzilsa, omonimlik vujudga keladi. Shu sababli ba’zi ko’p ma’noli so’zlar vaqt o’tishi bilan omonimga aylangan.
M: vip, kompyuter, gap
Omonim vositasida adabiyotda tajnis san'ati yaratiladi.

Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling