Soʻzlashuv uslubi Ilmiy uslub Rasmiy-idoraviy uslub


Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari


Download 34.73 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi34.73 Kb.
#1325167
1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy zamonaviy-idoraviy uslub

Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari

Rasmiy uslub. Barcha qonunlar, prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan idora o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi: ariza, tilxat, xat, telegramma, ishonch qog‘ozi, ma ‘lumotnoma, tavsiyanoma, qaror, tarjimayi hoi, buyruq, farmoyish, guvohnoma, e’lon, hisobot, shartnoma, aloqa xatlari ana shunday nutq uslubining ko‘rinishlaridir. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog‘ozlarining bosh belgilaridir. Bu uslubda ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi. Davlat hujjatlarida, rasmiy uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi. Munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi kabi ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladi.


Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan holi bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. M., ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. M., qaror, farmonlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatdagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir boʻlimi boʻlib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qoʻllanish yoʻllari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qoʻllanish xususiyatlari oʻrganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qoʻllanadigan koʻrinishi adabiy til uslubi dеyiladi.
Oʻzbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.

Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling