Soʻzlashuv uslubi Ilmiy uslub Rasmiy-idoraviy uslub


Download 34.73 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi34.73 Kb.
#1325167
1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy zamonaviy-idoraviy uslub

1. Soʻzlashuv uslubi
Kеng qoʻllanadigan uslublardan biri soʻzlashuv uslubidir. Bu uslubda koʻpincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. Soʻzlashuv uslubidagi nutq koʻpincha dialogik shaklda boʻladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
Soʻzlashuv uslubida koʻpincha turli uslubiy boʻyoqli soʻzlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni doʻndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
Soʻzlashuv uslubida gapdagi soʻzlar tartibi ancha erkin boʻladi. Koʻproq sodda gaplar, toʻliqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, koʻcha – koʻyda kishilarning fikr almashish jarayonoda qoʻllanadigan nutq uslubi soʻzlashuv uslubi deyiladi. Soʻzlashuv uslubiy adabiy va oddiy soʻzlashuv uslublarini oʻz ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan soʻzlashuv uslubi adabiy soʻzlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega boʻlmagan soʻzlashuv uslubi esa oddiy soʻzlashuv uslubidir. Soʻzlashuv uslubining har ikki turi koʻpincha dialog shaklida roʻyobga chiqadi. Bu uslubda soʻzlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy boʻladi. Soʻzlashuv uslubining yana bir oʻziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli boʻlib, koʻpincha soʻz – daplar, toʻliqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning soʻzlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda boʻlib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid soʻzlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid soʻzlarni ham oʻz ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin boʻlib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni oʻzida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy soʻzlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).


2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy boʻlishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm boʻladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning oʻziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda soʻzlar oʻz ma'nosida qoʻllanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan boʻlaklar, kirish soʻzlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qoʻshma gaplardan koʻproq foydalaniladi.

Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling