17. Qanday ma’no so‘zning bosh ma’nosi hisoblanadi?
A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi
B) so‘zning nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglatiladigan ma’nosi
C) so‘zning ko‘chma ma’nolaridan biri.
D) so‘zning gap tarkibidagi anglatgan ma’nosi.
18. Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda?
A) ko‘z, qosh B) og‘iz, bosh
C) etak, oyoq D) chumchuq, ravish
19. Ko‘p ma’noli so‘zlarni toping.
A) men, sen B) besh, o‘n
C) ota-ona D) tomir, yoqa
20. So‘zning o‘z (asl) va ko‘makchi ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) Qishloq markaziga shu yo‘l bilan boriladi. Bahslashishga yo‘l qolmagan edi.
B) Egir ish qirq yildan keyin ham bilinadi. Mehribon qo‘llar hamisha sizni qo‘llab-quvvatlasin.
C) Ilgari ostonamiz tuyoq ko‘rmagan. Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi.
D) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi? Daraxtlar uyg‘ondi.
21. Bir so‘zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma’no ifodalashi qanday nomlanadi?
A) ko‘p ma’nolilik B) omonimiya
C) sinonimiya D) frazelogiya
22. Quyidagi gapda nozik so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Bu juda nozik ish, ehtiyotkorlik lozim.
A) mo‘rt B) qaltis C) nazokatli D) ingichka
23. Quyidagi gapda yo‘l so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Bu masala qaysi yo‘l bilan yechildi?
A) tadbir B) yo‘nalish C) safar D) usul
24. Quyidagi gapda dog‘ so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Yomondan dog‘ qoladi, yaxshidan bog‘ qoladi.
A) alam B) qayg‘u C) armon D) isnod
25. Quyidagi gapda yer so‘zning qaysi ma’nosi ifodalangan?
Yer yuzasining to‘rtdan uch qismi suvlikdan iborat.
A) yuza B) joy C) planeta D) masofa
26. Quydagi gapda bosh so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan?
Tog‘ning ko‘rki tosh bilan, odam ko‘rki bosh bilan.
A) boshliq B) aql C) birinchi D) rahbar
Do'stlaringiz bilan baham: |