Spam va gowtli konserva ortasida boglik bormi?


Download 1.3 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1011627
Bog'liq
8.4.58 2021-04-28 09 51 21


F I Z I K A
8-sinf
F I Z I K A
MAVZU: MAGNIT MAYDONINING TOKLI O‘TKAZGICHGA TA’SIRI
Amper kuchi
Magnit maydonning tokli o‘tkazgichga tasirini 1820-yilda Amper tajribada aniqladi. Tajribaga ko‘ra taqasimon magnit olinadi va gorizontal holatda shtativga mahkamlanadi. Shtativga osilgan o‘tkazgichni taqasimon magnit o‘rtasiga joylashtiriladi va uning uzunligi deb olinadi.
Amper kuchi
Zanjir ulanganda o‘tkazgich harakatga keladi, ya’ni o‘tkazgich harakatga keladi. Agar magnitning qutblari almashtirib o‘rnatilsa, o‘tkazgich magnitdan itariladi. Metall qismi kuch ta’sirida vertikaldan biror burchakka buriladi.
Amper kuchi
Magnit maydon tomonidan shu maydonda joylashgan tokli o‘tkazgich qismiga ta’sir qiluvchi kuch , tok kuchii , o‘tkazgich uzunligi ga hamda magnit induksiyasiga to‘g‘ri proporsional.
Bu ifoda fransuz olimi A.M.Amper sharafiga deb ataladi
Amper kuchi
Amper kuchi ifodasidan magnit induksiyani aniqlaymiz:
Magnit induksiyaning fizik ma’nosi – magnit maydonida perpendikulyar joylashgan, uzunligi 1 metr bo‘lgan va o‘tayotgan tok kuchi 1 A bo‘lgan o‘tkazgichga magnit maydon tomonidan ta’sir etayotgan kuchga son qiymati jihatidan teng bo‘lgan kattalik:
(Tesla)
Chap qo‘l qoidasi
Magnit maydonning tokli o‘tkazgichga ta’sir etuvchi kuchining yo‘nalishini chap qo‘l qoidasidan foydalanib aniqlash mumkin.
Chap qo‘l qoidasi
Chap qo‘lning kaftini unga magnit kuch chiziqlari tik kiradigan qilib tutib, ochilgan to‘rt barmoq tokning yo‘nalishi bo‘yicha tutib turilsa, 90°ga kerilgan bosh barmoq o‘tkazgichga ta’sir etuvchi kuchning yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’siri
Tokli o‘tkazgichlar ham huddi doimiy magnitlardek o‘zaro ta’sirlashadi. Bunga rasmdagi parallel toklarning o‘zaro ta’sirini ko‘rib ishonch hosil qilish mumkin. Ikkita elastik o‘tkazgich olib, ularni vertikal holatda mahkamlaymiz.
Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’siri
Agar o‘tkazgichlarning yuqor qismini sim orqali ulab, kalitni ulasak o‘tkazgichlardan qarama-qarshi yo‘nalishda tok o‘ta boshlaydi. Natijada o‘tkazgichlar bir-biridan itarilib, orasidagi ma’sofa uzoqlashadi.
Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’siri
Agar o‘tkazgichlarni parallel ulasak, ya’ni ulardan bir xil yo‘nalishda tok o‘tganda, o‘tkazgichlar bir-biriga tortiladi.
Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’siri
Qarama-qarshi yo‘nalishda toklar o‘tayotganda o‘tkazgichlar o‘zaro itarishadi, bir xil yo‘nalishda toklar o‘tayotgan o‘tkazgichlar o‘zaro tortishadi.
Tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’siri
Tok kuchining birligini quyidagicha ta’riflaydi:
Tok kuchining birligi qilib shunday tok kuchi qabul qilinadiki, bu tok ta’sirida uzunligi bo‘lgan parallel o‘tkazgichlar o‘zaro kuch bilan ta’sirlashadi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Amper kuchining yo‘nalishi qanday aniqlanadi?
1
To kuchining birligi ni ta’riflang.
3
Parallel tokli o‘tkazgichlar orasida hosil bo‘ladigan o‘zaro ta’sir kuchining yo‘nalishi qanday aniqlanadi?
2
Simyog‘ochlarga o‘rnatilgan parallel elektr uzatuvchi simlarning bir-biriga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi kuzatmaymiz. Buning sababi nimada?
4
Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling