Speedcubing-da ko’p kerak bo’ladigan ma’lumotlar wca
Download 245.84 Kb.
|
Speedcubing-da ko’p kerak bo’ladigan ma’lumotlar, Speedcubes uz (Beknazov Jasur).
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rekordlar NR
- Single
- Finger Tricks
Speedcubing-da ko’p kerak bo’ladigan ma’lumotlar WCA (World Cube Association) – Butun jahon rasmiy chempionatlarni o'tqazish qoidalarini belgilovchi va speedcuberlarni yagona tizimga birlashtirgan Speedcubing Assotsiatsiyasi. WCA xaqida to’liqroq ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz, ubshu saytni maslahat beramiz: www.worldcubeassociation.org WCA rasmiy ro'yxatiga kiritilgan kubik rubiklar: 2x2; 3x3; 4x4; 5x5; 6x6; 7x7; Pyraminx; Skewb; Megaminx; Square-1; Clock; OH (One Handed) bir qo’lda terish; FM (Fewest Moves) eng kam (minimal) harakatlar soni bilan terish; 3x3BLD (Blind) ko’zni yumib terish; 4x4BLD; 5X5BLD; MBLD (Multi Blindfolded) eng ko’p (maksimal) 3x3 ni ko’zni yumib terish. Rekordlar NR (National Record) – milliy (национальный) record; ER (European Record) – Yevropa rekordi; CR (Continental Record) – qit’a rekordi; NAR (North America Record) – Shimoliy Amerika rekordi; UWR/UNR (Unofficial World/National Record) – norasmiy jahon yoki milliy rekord, ya'ni uyda o'rnatilgan va kameraga olingan (dalil sifatida), bu natija WCA ma'lumotlar bazasiga kiritilmaydi; WR (World Record) - butun jahon rekordi; Sub belgilangan vaqtdan deyarli o’tmidigan natija, misol uchun 19,09; 19,99; 19,00 sub 20 degani; PB (Personal Best) kubik rubik yig’ishdagi, ya’ni amaliyotda o’rnatilgan shaxsiy rekord; Look Ahead yig'ish paytida keyingi harakatlarni oldindan ko’ra olish mahorati, bu tajribaga bog‘liq. Single boshqa natijalarga qaraganda eng tez ko’rsatilgan vaqt, misol, 11,01; 9,09; 12,77 single (9,09); Avg/Ao (Average) bir nechta urinishlarning o'rtacha vaqti, masalan, avg5 bu erda eng yaxshi va eng yomon natija hisobga olinmaydi va qolganlarning o'rtacha arifmetik qiymati hisobga olinadi. Masalan: 15,01; 13,69; 10,66; 11,29; 14,00 endi avg5 ni topamiz: eng yaxshi va eng yomon natijani hisobga olmaymiz, qolganini qo'shib 3 ga bo'lamiz: (13,69+11,29+14,00)/3=12,99; avg5=12,99; CFOP Jessika Fridrix usuli: Coss, F2L, OLL, PLL, umumiy 119 ta formulalardan iborat, 99% professional speedcuberlar shu metoddan foydalanishadi: Cross – birinchi bosqich krestni to’g’ri terish; F2L (First 2 Layers) - dastlabki ikki qatorni yig'ish, 41 ta formulalardan iborat; OLL (Orientation of Last Layer) - yuqori tomonni bitta algoritm bilan yig'ish, 57 ta formulalardan iborat; PLL (Permutation of Last Layer) - oxirgi qatorni qolgan elementlarini bitta algoritm bilan joylashtirish, 21 ta formulalardan iborat; Skip ma'lum bir bosqich o'z-o'zidan yig'ilib qolgan vaziyat, ya'ni OLL, PLL yoki LL terilib qolish vaziyati, bu ko’p xollarda tasodifan sodir bo’ladi; Finger Tricks qo'llar va barmoqlarning to'g'ri holati, bu ma'lum bir algoritmning eng tez va eng qulay bajarilishini ta'minlab beradi. Beknazov Jasur Download 245.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling