Markazning 2023-yil 13-fevral
1/03-19
-sonli xatiga ilova
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,
IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
MAʼLUMOTLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI
MILLIY TA’LIM DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-respublikasida-inson-huquqlari-sohasidagi-
milliy-talim-dasturini-tasdiqlash-togrisida_451946
MEBEL MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH VA EKSPORT
QILISHNI RAG‘BATLANTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-
TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
https://uza.uz/oz/posts/mebel-mahsulotlari-ishlab-chiqarish-va-eksport-qilishni-
ragbatlantirishga-oid-qoshimcha-chora-tadbirlar-togrisida_453089
O‘ZBEKISTON PREZIDENTI XITOY BILAN KO‘P QIRRALI
HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH MUHIMLIGINI
TA’KIDLADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6
fevral kuni
mamlakatimizdagi
diplomatik
missiyasini
yakunlayotgan
Xitoy
Xalq
Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yanni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari elchining O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik
va har tomonlama
strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi sermahsul ishlari va faol sa’y-
harakatlarini mamnuniyat bilan
qayd etdi.
O‘tgan yilning sentyabr oyida XXR Raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat
tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar ko‘paydi, qo‘shma
loyiha va korxonalar soni uch barobarga oshdi. Yirik investitsiya
va infratuzilma
loyihalari amalga oshirilmoqda. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini
qurish loyihasini ilgari surish bo‘yicha amaliy hamkorlik boshlandi.
Madaniy-gumanitar
almashinuvlar kengaymoqda, ta’lim, sog‘liqni saqlash,
arxeologiya, turizm va boshqa yo‘nalishlarda muhim dasturlar ro‘yobga
chiqarilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
bilan ikki tomonlama
munosabatlarda bugungi darajaga erishilishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi
Szyan Yan mamlakatimizning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik”
ordeni bilan
taqdirlandi.