Spirtlar. Bir atomli spirtlarning tuzilishi va kimyoviy xossalari. Etanolning sanoatda sintezi va uning o’ziga xos xususiyatlari. Etilenglikol va gliserinning o’ziga xos xususiyatlari spitlar


Download 132.18 Kb.
bet1/7
Sana17.11.2023
Hajmi132.18 Kb.
#1782655
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bir Atomli Spirtlarning Tuzilishi Va Kimyovi~


Aim.uz

SPIRTLAR. BIR ATOMLI SPIRTLARNING TUZILISHI VA KIMYOVIY XOSSALARI. ETANOLNING SANOATDA SINTEZI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. ETILENGLIKOL VA GLISERINNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Spitlar
Uglevodoroddagi bir yoki bir necha vodorod atomining gidroksil “OH” – gruppasiga almashishi natijasida hosil bo’lgan organik birikmalarga spirtlar deyiladi. Gidroksil gruppasining soniga qarab spirtlar bir atomli, ikki atomli, uch atomli va xk ko’p atomli spirtlarga bo’linadi.
Bir atomli spirtlarning alifatik qatori alkanollar ham deyiladi.


Bir atomli spirtlarning tuzilishi
Bir atomli spirtlar - molekulasida bitta gidroksil – “OH” gruppa bo’lgan uglevodorodlar hosilalaridir.
Bir atomli spirtlarning asosiy xususiyatlari :

  • Umumiy formulasi : R – OH yoki CnH2n+1OH. Bu yerda n≥1;

  • Molyar massasi M = 14n + 18;

  • Nomlanishlarida harakterli qo’shimcha “- ol” ;

  • Molekulasida bir xil sondagi uglerod atomlari bo’lgan oddiy efirlar bilan izomerlardir.

Masalan :

Bir atomli spirt molekulasining tuzilishi :

Etil spirtining elektron formulasidan ko’rinadiki, gidroksil gruppasidagi kislorod atomi bilan bog’langan vodorod atomi boshqa hamma vodorod atomlariga nisbatan juda kuchli qutblangan. Kimyoviy bog’ qanday bujudga keladi? Kislorodning tashqi qavatidagi valent elektronlari.

8O…

↑↓




↑↓





2p pog’onasidagi toq elektronlari o’zaro bir – biriga tik bo’lgan gantel shaklidagi ikkita elektron bulutni hosil qiladi. Ulardan biri uglerod atomining gibrid buluti bilan qoplanadi va uglerod atomi bilan kislorod atomi orasida δ– kimyoviy bog’


hosil qiladi.


Birinchisiga nisbatan tik joylashgan ikkinchi bulut vodorod atomining s – elektron buluti bilan qoplanadi. Elektron bulutning qoplanishi natijasida molekulada elektron zichlikning taqsimlanishidagi muvozanat buzilishi sodir bo’ladi. Elektron bulutning eng kuchli siljishi - O – H kislorod – vodorod orasida sodir bo’lgani uchun, bu bog’ eng kuchli qutblangan bo’ladi va bu vodorod atomi boshqa vodorod atomlariga nisbatan harakatchan bo’lib qoladi. Spirtlarda faqat shu vodorod atomi juda oson almashinish reaksiyalariga kirishadi. Etil spirti molekulasida kislorod atomining valent elektron bulutlari o’rtasidagi burchak 110 o ga teng bo’ladi.

Spirt molekulasidagi gidroksil gruppa -OH spirtlarning funksional gruppasidir.

Download 132.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling