To’yingan bir atomli spirtlar


Download 343.5 Kb.
bet1/8
Sana15.06.2023
Hajmi343.5 Kb.
#1477869
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bir atomli spirtlar


To’yingan bir atomli spirtlar

Reja:


  1. Bir atomli to’yingan spirtlar

  2. Ayrim vakillari va ahamiyati

  3. To’yinmagan spirtlar

  4. Ikki atomli spirtlar (glikollar)

  5. Uch atomli spirtlar

To’yingan bir atomli spirtlarning umumiy formulasini CnH2n+1OH yoki R–OH bilan ifodalash mumkin. Gidroksil guruhining qanday uglevodorod atomi bilan bog’langanligiga qarab ular birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga bo’linadilar.


Spirtlarning izomeriyasi va nomlanishi. Spirtlarning izomeriyasi uglevodorod zanjirining tuzilishiga va gidroksil guruhinig zanjirdagi joylashuv holatiga bog’liq bo’ladi.
Emperik nomenklaturaga asosan, spirtlarning nomi gidroksil guruh bilan bog’langan uglevodorod radikalining oxiriga spirt so’zi qo’shib hosil qilinadi.
Ratsional nomenklatura bo’yicha esa metil spirti karbinol deb ataladi, qolgan radikallar uning hosilasi deb qaraladi.
Sistematik nomenklatura bo’yicha spirtlarni nomlashda ularning nomi tegishli to’yingan uglevodorod nomi oxiriga –ol qo’shimchasi qo’shib hosil qilinadi. Gidroksil guruhi va radikallarning holati raqamlar bilan ko’rsatiladi.

Spirtlarning nomlanishi






Olinish usullari. Spirtlar olishning bir necha usullari ma’lum. Quyida shulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
S

pirtlarni galoid alkillarni suv yoki ishqorning suvli eritmasi bilan qo’shib qizdirish orqali olish mumkin:

E



tilen uglevodorodlariga katalizatorlar ishtirokida suv biriktirilganda bir atomli spirtlar hosil bo’ladi. Katalizator sifatida asosan konsentrlangan sulfat kislotadan foydalaniladi. Etilen uglevodorodlariga suvning birikish quyidagi bosqichlar orqali sodir bo’ladi:
S

pirtlarni aldegid va ketonlarni katalizator ishtirokida qaytarish orqali yoki ularga magniy organik birikmalar biriktirish orqali olish mumkin:

Bu jarayon mis, kobalt, nikel, platina. Palladiy katalizatorligida 300-5000C haroratda olib boriladi.
A

ldegid va ketonlarga magniy organik birikmalarni biriktirish orqali birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi spirtlar olinadi. Karbonil guruhi kuchli qutblangan bo’lganligi uchun ularga nukleofil agentlar oson birika oladi:

H



osil bo’lgan oraliq modda suv ishtirokida juda oson parchalanadi:

Bu usul bilan spirtlarni tuzilishini oldindan belgilangan holda sintez qilish mumkin.


S

anoatda etil spirtini pentazan saqlovchi tabiiy birikmalar – uglevodlarni fermentlar ishtirokida bijg’itish orqali olinadi. Masalan:

Bijg’itishni 4 % li sulfat kislota ishtirokida ham olib borish mumkin. Shu usul bilan g’o’zapoya, yog’och chiqindilari, oziq-ovqat chiqindilari va boshqalardan ko’p miqdorda etil spirti ishlab chiqariladi.
M

etil spirti sanoatda
CO va H2 dan sintez qilinadi:
Bu jarayon 200-300 atm bosim, 4000C harorat va rux-xrom-mis katalizatori ishtirokida olib boriladi. Spirtlarni yuqorida ko’rsatilgan usullarda tashqari, yana murakkab efirlardan atsetallardan va boshqa birikmalardan olish mumkin.

Download 343.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling