Sport bayramlari va musobaqalarini ta’shkil e’tishning nazariy va uslubiy asoslari. (4soat) Reja
Download 297.89 Kb. Pdf ko'rish
|
S.B.4-Dars
Amaliy o‘rgatish usullariga mashq qilish usuli sifatida qarash mumkin, yani
tadrijiy ijobiy malaka, odat va xislatlar sistemasini xosil qilishdan iborat. Irodaviy xislatlarni quyidagi usullar bilan o‘rgatish kerak: - yuklamani va mashqlar murakkabligini muntazam oshirib borish; - tez-tez jangovor holatlarni hosil qildirish, musobaqalarga o‘rgatish; - botirlik, dadillikni talab qiladigan mashqlarni qo‘llash; - jismoniy sifatlarning yuqori ko‘rsatkichlariga intilish; - sportchini musobaqa qoidalari bilan cheklantirish; - mashg‘ulotlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish; - sport rejimiga qatiy rioya qilish. Musobaqalarni davrlash: Sport kalendari sport musobaqalarini o‘tkaziladigan vaqtini ko‘rsatib musobaqa davrini chegaralanganligini belgilaydi. Musobaqalar kalendarini rejalashtirishda trenirovka jarayonlarini ratsional davrlash, va uning qonuniyatlaridan samarali foydalanish kerak. musobaqa kalendarlari ko‘p omillar ta’siri ostida bo‘lib, trenirovka davrlariga nisbatan mustaqildir. Musobaqalarning muddatlari sport formasini saqlab turish imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Musobaqa miqdori sport mahoratini oshirish uchun, jismoniy va iroda fazilatlarini takomillashtirish uchun yetarli bo‘lish kerak. Musobaqalar orasida sportchilar ish qobiliyatini tiklash uchun intervallar bo‘lish kerak. Musobaqalar kalendari an’anaviy va o‘zgarmas qilib tuzilishi kerak. Jismoniy tayyorgarlik ixtisosni chuqurlashtirish bilan birga funksional imkoniyatlarni takomillashtirishga qaratilgan. Sport formasi jismoniy tayyorgarlikka va uning natijasida maxsus tayyorgarlikka bog‘liq bo‘ladi.Tayyorlov davrining maxsus tayyorgarlik bosqichida jismoniy tayyorgarlik sport turining o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi. Sport texnik tayyorgarligida harakatlar texnikasini musobaqa davrida olingan kabi sport o‘zlashtirib boriladi. Shu bilan birga maxsus taktik tayyorgarlik ham kengaytiriladi. Sport musobaqalari tayyorgarlikning maxsus iroda tayyorgarligi ahamiyati ortadi. Trenirovkaning maxsus tayyorgarlik bosqichi musobaqa oldi bosqichi deb atalishi mumkin. Bu bosqichda qo‘lga kiritilgan sport formasi boshlang‘ich forma hisoblanadi. Tayyorgarlik davrining funksiyasi amalga oshganligini har bir bosqichda erishilayotgan natijalar ortib borishida ko‘rish mumkin. Download 297.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling