Modulning o‘quv rejadagi boshqa modullar bilan bog‘liqligi va uzviyligi
Modul mazmuni o‘quv rejadagi “Trener-o‘qituvchining professional kompetentligi va mahorati”, “Sport ta’limida innovatsion psixologik texnologiyalar”, “Jismoniy tarbiya va sportda ilg‘or xorijiy tajribalar”, “Sport mashg‘uloti nazariyasi va uslubiyoti”, “Sport fiziologiyasi”, “Sport tibbiyoti”, “Sport psixologik mahoratini oshirish” kabi o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda tinglovchilarning umumkasbiy va mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Modulning sport ta’limidagi o‘rni
Ushbu modul psixologiya fanining boshqa amaliy sohalaridan tubdan farq qilib, unda sport faoliyati va uning psixologik xarakteristikasi, sport mashg‘ulotlari va o‘quv-trenerovka jarayonining psixologik asoslari, g‘alaba psixologiyasi va uning psixofiziologik asoslariga oid xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar va ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumotlar beriladi.
Modulni o‘zlashtirish orqali tinglovchilar sportda psixologik muammolarni aniqlash, sportchilarni psixologik jihatdan tayyorlashni tadqiq etishning zamonaviy usullari va psixologik tayyorlashga doir kasbiy malakalarini yanada takomillashtiradilar.
Modul bo‘yicha soatlar taqsimoti:
№
|
Modul mavzulari
|
Tinglovchining o‘quv yuklamasi, soat
|
Hammasi
|
Auditoriya o‘quv yuklamasi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |