Спорт фаолияти психологияси


Metodni amalga oshirish tartibi


Download 0.67 Mb.
bet7/33
Sana13.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1769883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
2 5220031512719658840

Metodni amalga oshirish tartibi:
“Assesment”lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida tinglovchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.
Namuna: “Moduldagi tayanch tushunchalar tahlili”



Tushunchalar

Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?

Qo‘shimcha ma’lumot

Sportchi







Trener-o‘qituvchi







Sport psixologi







Musobaqa oldi holati







Musobaqa







Musobaqadan keyingi holat







G‘alaba psixologiyasi







Mag‘lubiyat psixologiyasi









Izoh: Ikkinchi ustunchaga tinglovchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur tushunchalar haqida qo‘shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan.


PSIXOTRENING MASHG‘ULOTLAR

O‘zini-o‘zi qabul qilish va o‘zini boshqalar tomonidan qabul qilinishini anglash xususiyatlari uchun mashqlar


O‘zini o‘zi tanqid” mashqi


Har bir kishining o‘zi haqida mustaqil fikri bor, u o‘zining takrorlanmasligi, nodirligi bilan boshqalardan ajratib turadi. Shu bilan birga beixtiyor savol tug‘iladi: boshqalar ham uning o‘zi haqidagi fikrlarini bilishadimi, boshqalar ham uni o‘zi ko‘rganidek ko‘radilarmi? Berilgan mashq bu savolga javob topishga yordam beradi. Ishtirokchilar qog‘oz varaqlarini oladilar va unga ishlarini yozadilar va uni uchta vertikal chiziq bilan bo‘ladilar.
1-grafa: “Men kimman?” 10ta epitet so‘z, javoblar tez yoziladi, miyaga kelgan fikrni qanday bo‘lsa shunday ifoda qilinadi.
2-grafa: “Bu savolga sizning ota-onangiz, tanishlaringiz qanday javob bergan bo‘lar edilar?” (ulardan bittasini tanlash mumkin).
3-grafa: Xuddi shu savolga guruhdan bir odam javob beradi. Kimligini, ishtirokchini tanlaydi.
Keyin har bir ishtirokchi o‘z varag‘ini oladi, javoblarini solishtiradi, bir-biriga o‘xshash joylarini ajratib chiqadi. Xatti-harakatini kuchli tomonlarini ajratib o‘tish mumkin, u uchchala grafada ham takrorlanadi, mos kelgan so‘zlar hisoblanadi. Mos kelgan so‘zlarning salmog‘i insonni qanchalik ochiqligini ko‘rsatib beradi.

Hamkorni tasavvur qilish” mashqi


Guruhlar juft-juft bo‘lib bo‘linadilar (juftlikka notanish bo‘lgan insonlar birlashadilar). Besh daqiqa mobaynida har bir ishtirokchi o‘z hamkori bilan suhbatda u haqida ko‘proq axborotni olishi kerak. O‘zini o‘zi taqdim qilishda quyidagi savollarni berishi mumkin: men o‘zimda nimani qadrlayman, men faxrlanadigan narsa, men nimani hammadan yaxshi bajaraman va boshqalar. Taqdimot quyidagicha tartibda o‘tadi: juftlikning bir a’zosi stulda o‘tiradi, ikkinchisi uning orqasida turadi, birinchi odamning elkasiga qo‘lini qo‘yib, turgan odam o‘tirgan odam nomidan gapiradi, o‘zini sherigining nomi bilan ataydi. Gapirayotganning vazifasi o‘z taqdimotni bir daqiqa mobaynida gapirib o‘tishi kerak. O‘tirgan odamni taqdim etib bo‘lganidan so‘ng guruhdagi hohlagan odamga savol berishi mumkin, bularga esa u o‘tirgan odam nomidan javob beradi. Taqdimot qilinayotgan inson jarayonga qo‘shilishga haqqi yo‘q, uning vazifasi jim o‘tirish va eshitish.


Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi


“Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha o‘yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o‘yin ssenariysini ishlab chiqadi.
2. O‘yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
3. O‘yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.
4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta’lim oluvchilar ularni kuzatib turadilar.
5. O‘yin yakunida ta’lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo‘lgan ta’lim oluvchilar o‘z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o‘yinga xulosa qilinadi.

Ushbu metodni qo‘llash uchun ssenariy t’alim beruvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Ba’zi hollarda ta’lim oluvchilarni ham ssenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. Ssenariy maxsus fan bo‘yicha o‘tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba’zi bir holatlarni yoritishi kerak. Ta’lim oluvchilar ushbu rolli o‘yin ko‘rinishidan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim.






Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling